Futbol bo‘yicha JCH—2022 1-turida Senegal va Niderlandiya terma jamoalari 21-noyabr, dushanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. O‘yindagi gol 84-daqiqaga borib urildi: Kodi Gakpo Frenki de Yongning havodan uzatgan to‘pini boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Devi Klassen jamoasining ikkinchi golini urdi.
Shu tariqa Lui van Gal shogirdlari dastlabki uch ochkoni qo‘lga kiritdi va Ekvador bilan birga guruhda peshqadamlik qilmoqda.
Guruhning boshqa o‘yini 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan, unda Ekvador terma jamoasi Qatar ustidan g‘alabani qo‘lga kiritgandi (2:0).
JCH—2022
1-tur bahsi
31-noyabr, dushanba
Senegal — Niderlandiya 0:2
Gol: 0:1 – 84 Gakpo, 0:2 – 90+9 Klassen.Senegal: Mendi, Sabali, Kulibali, Sisse, Diallo (Yakobs, 62), Kuyate (Guye, 73), Guye, N. Mendi, Sarr, Diatta (Jekson, 74), Dia (Diyeng, 69).
Niderlandiya: Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, de Ligt, Blind, de Ron, de Yong, Bergeys (Kopmeyners, 79), Yanssen (Depay, 62), Bergveyn (Klassen, 79), Gakpo.
Ogohlantirishlar: de Ligt (56), N. Mendi (90+3), Geye (90+6).
Izoh (0)