O‘zbekistonda 17-noyabr kuni 69 kishida koronavirus qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Buxoro viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 1 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 6 nafari Toshkent viloyatida,
- 56 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan
Vazirlik statistikasidan kunlik kasallanishlar soni ortayotganini ko‘rish mumkin: 16-noyabrda 61 kishida, 15-noyabrda 48 kishida, 14-noyabrda 21 kishida kasallik aniqlangan.
Ayni paytda virusga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda. Sanitariya-epidemiologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 17-noyabr kuni respublika bo‘ylab koronavirusga qarshi 60 959 doza vaksina qo‘llandi.
Ushbu infeksiyaga qarshi qo‘llangan jami vaksinalar soni 72 million dozadan oshdi.
Izoh (0)