Mamlakat Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyida Yaponiya eksporti hajmi o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 25,3 foizga o‘sdi va taxminan 64 milliard dollarni tashkil etdi, import hajmi yana rekordga aylandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ko‘rsatkichning o‘sishi ketma-ket 20-oy davom etmoqda. Shu bilan birga, o‘sish sur’atlari sentabr oyidagi 28,9 foizga nisbatan sekinlashgan.
Trading Economics ma’lumotlariga ko‘ra, tahlilchilar o‘tgan oyda eksport hajmi o‘rtacha 28,1 foizga oshishini prognoz qilgan.
Mamlakatda mashinasozlik uskunalari eksporti 17,6 foizga, shu jumladan chiplar ishlab chiqarish uskunalari 17,7 foizga o‘sdi. Transport texnikasini yetkazib berish 1,6 baravarga, shu jumladan avtomobillarni yetkazib berish 1,9 barobarga oshdi.
Kimyo mahsulotlari eksporti 9,9 foizga, sanoat mahsulotlari eksporti 12,4 foizga, temir rudasi va po‘lat eksporti 7,3 foizga, rangli metallar eksporti 18,1 foizga oshdi.
O‘tgan oyda AQSHga eksport 36,5 foizga, Xitoyga — 7,7 foizga, Gonkongga — 11,3 foizga, Janubiy Koreyaga — 23,3 foizga, Germaniyaga — 15,5 foizga oshgan.
Yaponiya importi sentyabr oyida ham 53,5 foizga oshib, rekord darajadagi 80 mlrd dollarni tashkil qilgan. Tahlilchilar sentyabr oyidagi 45,7 foizdan keyin o‘rtacha 49,7 foizga o‘sishni bashorat qilgan edi.
Ko‘rsatkich ketma-ket 18 oy davomida foizlarda ikki raqamli sur’atda o‘sib bormoqda. Xitoydan import 39,3 foizga, AQSHdan 47,1 foizga, Janubiy Koreyadan 38,3 foizga oshdi.
Avvalroq Yaponiya valyuta intervensiyalariga 43,06 milliard dollar sarflagani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)