Ilon Mask Tesla kompaniyasining bosh direktori lavozimini boshqa odamga topshirishga qaror qildi. Bu haqda direktorlar kengashi a’zosi Jeyms Merdokka tayanib The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Jeyms Merdokka ko‘ra, bosh direktor lavozimiga tavsiya etilayotgan inson allaqachon aniqlangan. Lekin uning kimligi hali oshkor etilmagan.
Mask dunyodagi eng boy odam — Bloomberg uning boyligini 183 milliard dollarga baholamoqda. Tesla’dan tashqari, tadbirkor SpaceX va Twitter’ni boshqaradi.
Avvalroq Mask agar ishonchli voris paydo bo‘lsa, u kompaniya rahbari lavozimini tark etib, boshqa loyihalarga e’tibor qaratishini aytgan edi.
Bosh direktor lavozimi ko‘pincha biznesga yo‘naltirilgan rolni anglatadi, lekin aslida mening vazifam ko‘proq texnologiyalarni ishlab chiqadigan muhandislikdir, — deb tushuntiradi Mask.
Tadbirkor yaqinda sotib olingan Twitter’ga ham kamroq vaqt ajratishini tan oldi. Kompaniyani sotib olgach, Maskning o‘zi unga rahbarlik qildi. Ammo kelajakda u bosh direktor lavozimiga boshqa odam topishini istisno qilmagandi.
Avvalroq Ilon Mask Twitter’ni sotib olgach, Tesla’ning 4 mlrd dollarli aksiyalarini sotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)