• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Osman Navro‘zov to‘yda mushtlashib, ishi sudgacha borgani hamda “Lyubimaya” klipidan 50 ming dollar daromad topgani haqida (video)

    “Daryo” nashrining YouTube’dagi kanalida ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan xonanda Osman Navro‘zov bilan suhbat tashkil qilindi. Xonanda Osman Navro‘zov topgan foydasidan 80 foizini ijodga tikishi, televideniyega kliplarini kam berishi, hech kim san’atkor bo‘lishiga ishonmagani, to‘yda urishib sud bo‘lgani, to‘ylarga qanchaga xizmatga borishi, “Lyubimaya” klipidan YouTube’dan qancha daromad topgani haqida gapirib berdi.

    Topgan foydasining 80 foizini ijodga tikishi haqida 

    “Ko‘p kliplarimni televideniyega bermayman, bersam ham, bir yilda ikki yoki uch oyga beraman. Sababi to‘y xizmatlarda bo‘laman, ijtimoiy tarmoqlar: YouTube, Instagram, Telegram bilan ko‘p ishlayman. Topgan foydamning 80 foizidan ko‘p qismini ijodga sarflayman. Uydagilarim bilan hazillashaman, bir qop un, ikki kilo go‘sht bormi, bo‘ldi, to‘qmiz, boymiz deyman. Qolganini faqat ijodga beraman. Shuning uchun ham televideniyega ko‘p bermayman”, — deydi xonanda.

    “Unutmaganman, esimga tushsa, yana kuch olaman”

    “Yaqinlarim ham san’atkor bo‘lishimga ishonmagan. Men u gaplardan xafa bo‘lmayman, motivatsiya bo‘lgan. Chiqa olmaysan, shu ham qo‘shiq aytadimi, ovozi qizlarning ovoziga o‘xshaydi, deyishgan bu narsalar men uchun maktab bo‘lgan. Unutmaganman, esimga tushsa, yana kuch olaman. Bir paytlar shu gaplarni aytgan insonlarga rahmat aytaman, tinmasdan ishlashimga sabab bo‘lgan. O‘zimga savol beraman, menga berilgan umrni boshqalarga qiziqish bilan o‘tkazishim kerakmi, deyman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zim uchun ishlayman, gapirsa gapirib qolaveradi. Bu narsani piar qilishga yoki o‘tirib ustimdan gapirganlarni muhokama qilishga qiziqmayman. Bir chekkaga olib qo‘yaman, u yomonlik qildi deb men ham shunday qilmayman. Faqat o‘zim uchun ishlaganman, ertaga yosh o‘tganda nima deyishadi”, — deydi Osman Navro‘zov.

    “Qamatib nima qilaman, Alloh jazosini beradi, dedim” 

    “To‘yda urishganman, lekin sudlanmaganman, chunki bu mening aybim bilan bo‘lmagan. Bu voqea uylanishimdan ikki oy oldin bo‘lgan, u inson tanishim edi. Aroq ichganmi, bilmadim, mast edi. To‘y kuni tushlikda o‘sha odamning uyiga borib ovqatlandik. Ular ikki kishi edi, mashinadan tushdi, telefon bilan hazillashib oldiga bordim. Kameraga olmagandim, to‘y kuni esa oldimga pichoq ko‘tarib kelib, mening ustimdan kuldi. Agar seni kameraga olgan bo‘lsam, Alloh mening jonimni olsin, tushirmadim, hazillashdim, o‘rtog‘imsan hazilni tushunasan-ku, dedim. Pichoqni belimga tirab turibdi. Keyin uning akasiga, xullas, kimningdir miyasiga o‘tirib qolgan.

    Oradan ikki yoki uch oy o‘tdi. O‘sha insonning uyi oldida to‘ydamiz. Hamma o‘ynab yuribdi, u oldimga kelib qiliq ko‘rsataverdi. O‘sha paytda qo‘shiqni ham o‘zim qo‘yar edim, endi tanilayotgan vaqtlarim bo‘lgan. Shunday qarasam musht tushirdi, qo‘lida uzuk bor edi, ust-boshim qon bo‘lib ketdi. Bir ko‘zim o‘sha paytning o‘zida yumilib qoldi. Men ham uning ustiga o‘zimni tashladim va orqasidan bir tepdim. To‘y tugashiga bir yoki yarim soat bor. Qo‘shiq aytolmadim, ko‘zim yumilgan. Men bu holatni ko‘tara olmayman, unga nima qildim, dedim. To‘g‘ri Ichki ichlar boshqarmasiga bordim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Oradan ikki oy o‘tib, to‘y kunimning maslahatlari bo‘layotgan vaqtda qo‘ng‘iroq bo‘ldi va mening ishim sudga oshirilganini aytishdi. Ertalab qo‘ng‘iroq qilib ikki soatdan so‘ng sudga keling, deyishdi. Uylanishim kerak, to‘yim bo‘lyapti, tashvishlar bilan yuribman, dedim. Uyda mehmonlar bor, men sudda yurdim. Suddan ishni tezroq yopishini so‘radim. Ertaga keling, ishni qayta ko‘rib yopamiz, istasangiz 15 sutka yoki 3 yil ozodlikdan cheklay olishga huquqingiz bor deyishdi. O‘ylab ko‘ray dedim, uyga borib ota-onam bilan maslahat qildim. Keyin qamatib nima qilaman, Alloh jazosini beradi, dedim.

    Sudyaga esa bizning avlodimizda birovni urib, baxtini qoraytiradigan inson bo‘lmaganini, urgan insonning uyiga borganimda kichkina bolalari yig‘lab qolganini, quvongan vaqtimda uni qamatish niyatim yo‘qligini aytdim. Shundan keyin to‘ylarga borsam bir-ikkitasi mushtdan yeging kelyaptimi, deb ustimdan kuldi. Xo‘p, ur, keyin sen ham uning ahvoliga tushasan dedim.

    Shu paytgacha birovga zararim tegmagan, hech kimning haqqini yemaganman. Bir xil vaziyatlarda sozandalarga uydan pul olib chiqib beraman, shuning uchun bu darajaga kelganman. Mashhur san’atkorlar hech narsaga osonlikcha erishmaydi, hammasining tagida mehnat yotadi. Avval san’atkorni urish, so‘kish holatlari ko‘p bo‘lgan. Hozir men ayb ish qildimmi, qonun oldida hamma qatori javob beraman”, — deydi xonanda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Mening bitta to‘ydan topadigan pulimni beshta to‘ydan topadigan san’atkorlar bor”

    “Bu narsani xursand bo‘lib gapiradigan ham, tanqid qiladigan va to‘yga chaqirmaslik uchun atayin aytadigan ham bor. Nima qilasan, 2 500-3 000 dollar berib to‘yga chaqirib deyishadi, bunaqa odamlar faqat o‘z foydasini ko‘zlaydi. Bitta klipimni suratga oldirtirdim, hali efirga ham chiqarmadim, 11 000 dollar pul ketdi. To‘yni bepul gaplashib beradigan insonlar ham, biroq atayin o‘zini san’atkorini olib boradigan insonlar ham bor. Bir xil insonlar bitta to‘y uchun so‘ralgan pulga 500 dollar qo‘yadi.

    Qimmat emas, shu narxni qo‘yishimizga sabab ijod qilamiz. Shu paytgacha aytgan narximizga bormaganmiz. To‘yni gaplashamiz, ikki soat emas, ikki yarim soat xizmat qilgan paytlarimiz ham, so‘ralgan narxdan tushib bergan vaqtlarimiz ham bo‘ladi. Shulardan daromad topmasak, xalqimizga qanday qilib boshqa qo‘shiqlarni yetkazishimiz mumkin? Mening bitta to‘ydan topadigan pulimni beshta to‘ydan topadigan san’atkorlar bor, Allohning har kimga o‘lchab bergan chegarasi bor. Biz ham buni necha yil kutganmiz. Otamning menga qilgan sarf-xarajatlarini hali qoplay olmadim. Meni mashhur qilaman deb 10 yil umrini yo‘qotdi. San’atni tushunadigan odam uchun bu narx qimmat emas.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    To‘yga borsam 800 kilometr uzoqdan kelaman, 2 500-3 000 dollarga boraman. Mashinamga 2 millionga benzin quyaman, boshqa xarajatlarim ham bor. Shuning uchun har bitta sozandam ham kamida 700 ming pul sarflaydi. Uyimning oldidagi to‘yga bu narxda chiqmayman. Qoraqalpog‘istonda ming dollarga xizmatga chiqaman. Qoraqalpog‘istonda eng ko‘p radarga tushgan bola menman. Shu vaqtgacha 30 million jarima to‘ladim”, — deydi Osman Navro‘zov.

    “Lyubimaya” klipidan qancha daromad olgani haqida 

    “Aniq hisoblab ko‘rmaganman, lekin 10 foiz pul sarflagan bo‘lsam, 100 foiz bo‘lib qaytgan. Hozirgacha taxminan 50 ming dollar olganman.

    Ma’lumot uchun, xonanda Osman Navro‘zovning “Lyubimaya” taronasiga ishlangan videoklip Markaziy Osiyoda eng ko‘p ko‘rishlar soniga ega klip hisoblanadi va u YouTube’da hozirga qadar 106 million marta ko‘rilgan. Klipda aktyor Shahzod Sultonov va aktrisa Muxlisa Qahramonova bosh rollarni ijro etgan.

    Mavzuga doir: 

    • Osman Navro‘zov Rossiyadagi mardikordan YouTube’da klipi eng ko‘p tomosha qilingan o‘zbek xonandasiga aylanish yo‘li haqida (video).
    • Janob Rasul, Osman Navro‘zov va Jaloliddin Ahmadaliyev. Internet yulduzlarining “birrov”i qancha?
    • Ukrain, rus, qozoq va eroniy — o‘zga millat vakili bo‘lsa-da, sof o‘zbek tilida ijod qilayotgan mashhurlar (foto)
    • “Jo‘ji qoro”, “Akaxonlarim”, “Eh, jo‘ralar”. Hayotdagidan ko‘ra YouTube’da mashhur bo‘lgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)

    16.11.2022, 13:48   Izoh (0)   13360
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Abadiy Vakanda” filmi namoyishining birinchi haftasida 330 million dollar to‘pladi

    16.11.2022, 12:55

    “Sardobada uy qurib, singlimni o‘qishga kirgizdim”. Xonanda Osman Navro‘zov pandemiyada qurilishda ishlagani haqida (video)

    16.11.2022, 10:56

    Instagram: Jasur Rafiqovning so‘nggi videosi e’lon qilindi, Umradagi mashhurlar, 600 mln so‘mlik mashina olgan Hamdam Sobirov

    15.11.2022, 22:56

    Mustaqil yura olmaydi: dunyodagi eng baland ayol qanday ko‘rinishga ega va qayerda yashaydi?

    15.11.2022, 19:46

    Mashhur ota-onalari bilan bir sohada muvaffaqiyat qozongan Gollivud yulduzlarining farzandlari (foto)

    15.11.2022, 17:55

    Rang-barang va betakror: turli xalqlarga mansub kelinlarning milliy to‘y liboslari

    15.11.2022, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Heytga uchragan Kerem Bursin, Pokizaning g‘alati hobbisi, Hande Erchelning nikoh marosimi — Turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 17 avgust, 12:35

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.