• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Istanbuldagi teraktda gumonlanuvchi razvedka maktabida amerikalik harbiylar qo‘lida o‘qigan — OAV

    Istanbuldagi teraktni sodir etishda gumonlanayotgan ayol Suriyaning Kobani shahrida Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP)ning razvedka maktabida o‘qigan, u yerda amerikalik harbiylar dars bergan. Bu haqda Yeni Şafak gazetasi xabar bermoqda.

    Huquq-tartibot organlari xodimlari Istanbuldagi Istiqlol ko‘chasida

    Huquq-tartibot organlari xodimlari Istanbuldagi Istiqlol ko‘chasida
    Foto: AP Photo

    “Albashir so‘roq chog‘ida KIPning Suriyadagi filialiga aloqasi borligini tan oldi. Terrorchi Ayn-al-Arab (Kobani)daKIP razvedka maktabini bitirganini aytib berdi, u yerda amerikalik askarlar ham ta’lim bergan, u maxsus razvedka ofitseri sifatida tahsil olgan”, — deyiladi xabarda.

    Bundan tashqari, gumonlanuvchi Ayn-al-Arabda PKK/YPG/SDG tashkiloti rahbarining ishonchli vakili bilan aloqada bo‘lgani, undan  ko‘rsatmalar olganini aytgan. Ushbu yo‘l-yo‘riqlarga amal qilib, qiz bundan to‘rt oy avval Afrin-Adlib orqali Turkiyaga noqonuniy kirib kelgan. Politsiya aniqlashicha, er-xotindek ko‘rinish va shubha uyg‘otmaslik uchun, u Istanbulda tashkilot a’zosi bo‘lgan bir erkak bilan birga harakatlangan.

    O‘tgan hafta Istanbul markazidagi Istiqlol piyodalar ko‘chasida portlash yuz bergan, olti kishi halok bo‘lib, 81 kishi jabrlangan edi. Teraktni sodir etishda gumonlanib, Ahlam Albashir qo‘lga olingan, u KIP bilan aloqasi borligiga iqror bo‘lgan. IIV ma’lumotlariga ko‘ra, teraktni sodir etish haqidagi buyruq Suriyaning chegara yaqinidagi Kobani shahridan kelib tushgan.

    Tintuv chog‘ida qizning yonidan pasport, yirik miqdorda pul, raqamli qurilmalar va terakt uyushtirish bo‘yicha materiallar topilgan. Shuningdek, 21 ta manzilda tintuv olib borildi, jami 50 kishi qo‘lga olindi.

    Albashirga uni Gretsiyaga jo‘natib yuborishga va’da berishgan, biroq politsiya qo‘lidagi ma’lumotlarga qaraganda, terakt tashkilotchilari uni Istanbulning o‘zidayoq yo‘q qilmoqchi bo‘lishgan.

    Avvalroq Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Istanbuldagi portlash munosabati bilan AQSH tomonidan bildirilgan hamdardlikni Anqara qabul qilishdan bosh tortishini ma’lum qilgan edi.

    “Biz Amerika elchixonasidan bildirilgan ta’ziyani qabul qilmaymiz. Biz hech kimga sotqinlik qilmayapmiz, lekin bizga qilinayotgan sotqinlikka ortiq chidab turolmaymiz”, — dedi u va Turkiya hukumati “hujum qayerda muvofiqlashtirilganidan xabardor bo‘lganini” ham ta’kidladi.

    “Menimcha bugun AQSH tomonidan e’lon qilingan hamdardlikni qotilning voqea joyiga birinchilardan bo‘lib yetib kelishiga qiyoslash kerak. Va bu ta’ziyaga munosabat juda aniq bo‘ladi. Buni yaqin kelajakda ko‘rasiz”, — degan u.

    Ichki ishlar vaziri portlash ortida Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlari turganini ma’lum qildi. “Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, buyruq Kobanidan (Suriya shimolidagi shahar) kelib tushgan, hujum ijrochisi esa Afrindan (Suriya shimoli-g‘arbidagi shahar)… Tergovchilar qo‘lidagi dalillar portlashni ‘Demokratik ittifoq’ partiyasi (Kurdiston ishchilar partiyasining Suriyadagi jangovar qanoti) uyushtirganini ko‘rsatmoqda”, — dedi Soylu.

    Mavzuga doir:

    • Kurdlar Istanbuldagi teraktga aloqadorlik haqidagi ayblovlarni rad etdi
    • Fotoreportaj: Istanbuldagi eng ommabop piyodalar ko‘chalaridan biri — Istiqlol portlashdan keyin

    15.11.2022, 16:34   Izoh (0)   24852
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayden Istanbuldagi terakt munosabati bilan Erdo‘g‘onga shaxsan hamdardlik bildirdi. Avval Anqara AQSHning hamdardligini qabul qilmagandi

    15.11.2022, 16:21

    Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasining texnikalarini yo‘q qilgan va qo‘lga olganlarga mukofot va’da qildi

    15.11.2022, 15:28

    Xersonda madhiya kuylayotgan Zelenskiy va Ukraina bayrog‘ini ko‘tarayotgan askar. Urushning 264-kunidan fotoreportaj

    15.11.2022, 14:34

    Narendra Modi: “BMT dunyodagi alg‘ov-dalg‘ovlikni eplay olmadi”

    15.11.2022, 13:51

    MAGATE Ukrainadagi Chernobil va boshqa AESlarni tekshirish uchun missiya yuboradi

    15.11.2022, 13:40

    Kambodja bosh vaziri koronavirus yuqtirib olgani tufayli G20 sammitini tark etdi

    15.11.2022, 13:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.