Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13-noyabr, yakshanba kunidan navbatdagi yig‘inini boshladi.
O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Paxtakor” qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov mazkur yig‘inni jarohati sabab o‘tkazib yuboradi. Uning o‘rniga “Olimpik” himoyachisi Saidazamat Mirsaidov jalb etilgan.
Srechko Katanes qo‘l ostidagi jamoa 16-noyabr kuni Qozog‘istonga qarshi, 20-noyabrda esa Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Avvalroq mazkur o‘yinlar uchun qaydnoma e’lon qilingandi.
Izoh (0)