O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayoni jadallashtiriladi. Bu haqda 10-noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston—Vengriya biznes-forumida investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonini jadallashtirib, uning to‘laqonli a’zosiga aylanish O‘zbekistondagi islohotlarning keyingi ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, korrupsiyaga qarshi samarali kurashish, bank-moliya tizimlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, davlat ulushi mavjud bo‘lgan yirik sanoat va infratuzilma korxonalarini xususiylashtirish ham ustuvor yo‘nalishlar qatoridan o‘rin olgan.
Energetika, transport, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish ham yanada kengaytiriladi.
Mazvuga doir:
- O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga tez fursatda kirishi kutilmoqda
- “JST a’zosi bo‘lmasligimiz milliy va iqtisodiy manfaatlarimizni himoya qilish vositalaridan foydalanmayotganimizni bildiradi” — Sodiq Safoyev JST va YOII haqida
- Tojikiston O‘zbekistonga JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha o‘z tajribasini taklif qildi
Izoh (0)