Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim final bahslari 10-noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Abdumalik Halokov

Abdumalik Halokov
Foto: Boks federatsiyasi

-57 kg vazn toifasida harakat qiladigan Abdumalik Halokov yarim finalda  Mo‘g‘uliston vakili Gantumur Lundaga qarshi ringga ko‘tarildi. Halokov raundlarning barchasini o‘z foydasiga hal qildi va final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

-63,5 kg vazn toifasi vakili Ruslan Abdullayev esa final yo‘llanmasi uchun Chu En Lai (Xitoy Taypeyi) bilan kuch sinashdi. Abdullayev jangda raqibiga hech qanday imkon qoldirmay, g‘alaba erishdi va final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Avvalroq Hasanboy Do‘stmatov, Lazizbek Mullajonov va Saidjamshid Ja’farov final yo‘llanmasiga chiqqandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi