Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Madaniyat vazirligi salkam 16 milliard so‘mga 2 ta maxsus avtomobil xarid qilgani xabar berilgandi. Vazirlik axborot xizmati rahbari Orifjon Fayziyevning “Daryo”ga ma’lumot berishicha, mazkur xarid prezident qaroridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan.

Foto: Madaniyat vazirligi

Foto: Madaniyat vazirligi

Aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 2-fevraldagi qaroriga asosan 2022-yil uchun kalendar rejada belgilangan tadbirlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida 2022-yil 1-iyunga qadar “Madaniyat karvoni” uchun mo‘ljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega 2 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qilish vazifasi belgilangan.

Mazkur qarordan kelib chiqqan holda xarid qilinadigan “Madaniyat karvoni” uchun mo‘ljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega maxsus avtotransport (transformer) vositasining texnik parametrlari mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqildi. Bunday zamonaviy avtotransport vositasini tayyorlash imkoniyati bo‘yicha xorijiy davlatlar o‘rganildi va eng ma’quli sifatida Xitoy davlati tanlanib, vazirlik tomonidan OMDM va “Huayuan” kompaniyasi bilan muzokara olib borildi. Muzokara xulosasiga ko‘ra, OMDM kompaniyasi tomonidan 873 ming dollar, Olmaota shahridagi “Kazakhstan musical technologies” filiali tomonidan 900 026 dollar taklifi (bitta maxsus avtotransport vositasi xaridi uchun) bildirilgan.

Biroq xorijiy kompaniyalar pandemiya sababli maxsus avtotransport vositasi yil yakuniga qadar yetkazib berilishini ma‘lum qilgan. Shundan so‘ng, Madaniyat vazirligi ishlab chiqilgan texnik parametrlar asosida maxsus avtotransport (transformer) vositasini tayyorlash imkoniyati mavjud bo‘lgan (aniq muddati va boshqa ma’lumotlar) mahalliy korxonalar bilan muloqot olib borish hamda tegishli xulosa olish maqsadida “O‘zavtosanoat” AJ, “UzAvto Trailer” MChJ va “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ qo‘shma korxonasiga murojaat etdi.

“JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ qo‘shma korxonasi tavsiyasi asosida “STEYA” Overseas projects” tomonidan 1 390 000 yevro, Turin politexnika universiteti (O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021-yil 1—2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifida bergan topshirig‘iga asosan, Surxondaryo viloyati uchun tajriba sifatida kichik hajmdagi, musiqa texnikasi va sahnaga ega maxsus transport vositasini ilk marotaba ishlab chiqargan) tomonidan 9 580 050 000 so‘m hisobiga maxsus avtotransport vositasini tayyorlash, qolgan korxonalar va “Uz Truck and Bus Motors” MChJ tomonidan esa 1 394 950 000 so‘mga transportning faqat bosh qismi bilan ta’minlash imkoniyati ma’lum qilingan, — deyiladi vazirlik izohida.

Foto: Madaniyat vazirligi

Foto: Madaniyat vazirligi

Ta’kidlanishicha, “Madaniyat karvoni” uchun mo‘ljallangan maxsus avtotransport vositasini mahalliy korxonalar (Turin politexnika universiteti) bilan birgalikda mukammal ishlab chiqish, tayyorlash va zarur uskunalar bilan jihozlash choralari ko‘rilib, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzilgan.

Shu o‘rinda bunday avtotransport vositasining afzalligi va muhimligi nimada degan savol tug‘ilishi tabiiy. Aytish joiz, aslida bu ko‘pchilik o‘z tasavvuriga ko‘ra taxmin qilib, turlicha talqin etayotgan yengil avtomobil emas. Nomidan ham anglash mumkinki, bu tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega maxsus avtotransport vositasidir. Boshqacharoq qilib uni zamonaviy, ulkan “Mobil sahna” deyish ham mumkin. Bunday transport vositalari buyurtma asosida maxsus ishlab chiqariladi. Tasavvur qiling, shahar yoki tuman markazida uyushtiriladigan konsert dasturini kelib ko‘rishga hammaning ham imkoniyati yetmasligi mumkin. Lekin bunga chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz madaniy hordiq chiqarishdan o‘zlari mosuvo bo‘lishdi, deb qarab turib bo‘lmaydi. Bu to‘g‘ri xulosa emas. Ularning ham konsert ko‘rishga, zavqlanishga haqqi bor. Shu ma‘noda, yuqorida aytib o‘tilgan maxsus avtotransport vositasi juda qo‘l keladi, — deydi Ozodbek Nazarbekovning matbuot kotibi Orifjon Fayziyev.
Qo‘shimcha qilinishicha, maxsus avtomobillar “Madaniyat karvoni” tadbirlarini eng chekka manzillarda ham yuqori saviyada, sifatli texnik imkoniyatlar asosida o‘tkazishga xizmat qiladi.
Asosiy maqsad xalqimizga xush kayfiyat ulashish, hammaga birdek madaniy hordiq chiqarish uchun shart-sharoit yaratish, — deydi vazirlik mas’ullari.

Izoh

Madina Kaxorova

8 noyabr, 13:35

Yana maqsad MADANIY XORDIQ qa bog'lanayapti (((((((qani TALIMGA XIZMAT QILADI degan joyi ?????????????QARORDA FAQAT XALQ MADANIY XORDIQ CHIQARSIN DEYILMAGANKU(((((( YUQORIDAGI RAXBARLAR ILTIMOS TA'LIMNI TUSHINADIGAN, VAZIRNI QOYILAR)))))YOKI BOLMASA TALIMNI MADANIYAT VAZIRLIGIDAN AJRATIB TASHLANGLAR)))))))))))

Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi