O‘zbekistonda 1-noyabr holatiga ko‘ra sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohada 1 297 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu sohalarda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 418 tani tashkil etdi, 2022-yil boshidan ular soni 1 297 ta ortgan.
Toshkent shahrida (253 ta), shuningdek Samarqand (162 ta), Farg‘ona (161 ta) va Andijon viloyatlarida (123 ta) eng ko‘p yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.
Yillar kesimida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohadagi korxonalar soni quyidagicha:
- 2018-yilda – 6 426 ta;
- 2019-yilda – 7 467 ta;
- 2020-yilda – 8 554 ta;
- 2021-yilda – 9 959 ta;
- 2022-yilda – 11 418 ta.
Izoh (0)