Jo‘qorg‘i Kenges raisi Amanbay O‘rinbayev Taxtako‘pirning eng olis hududi hisoblangan Qo‘struba ovuli va Ustyurt tekisligidagi Janubiy Ustyurt ovullarida bo‘ldi.
Yaqin yillar ichida bu ovullarga kamdan kam rahbarlar borgan. Qo‘struba ovuli Nukusdan 260 km, tuman markazidan 150 km olisda joylashgan. Qo‘strubada bor-yo‘g‘i 27 ta xonadon bor. Janubiy Ustyurt ovuli esa Ustyurt tekisligidagi sanoqli odam yashaydigan manzillarning biri.
Amanbay O‘rinbayev shuningdek, Ellikqal’a tumanining Chuqurqoq, To‘rtko‘l tumanining Qumbosgan hududlari aholisi bilan uchrashish uchun vertolyotda borgan.
Har to‘rttala hududga ham mashinada borish juda qiyin. Va bu imkonsiz. Shu bois Jo‘qorg‘i Kenges raisi bu hududlarga vertolyotda bormoqda, — deydi mas’ullar.
Izoh (0)