Ob-havo noqulayligi sabab 7-noyabr kuni ayrim samolyotlar Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘na olmagandi. Uzbekistan Airways bu haqda batafsil ma’lumot berdi.
Aviakompaniya bergan ma’lumotga ko‘ra, 7-noyabr kuni Uzbekistan Airways quyidagi reyslari zaxira aeroportlariga o‘tkazishga majbur bo‘lindi:
- HY602 Moskva—Toshkent qatnovi Navoiy aeroportiga yo‘naltirildi;
- HY336 Jidda—Toshkent qatnovi Samarqand aeroportiga yo‘naltirildi.
Bundan tashqari, Farg‘ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan HY081 Toshkent—Farg‘ona reysi soat 06:55 dan 09:30 ga ko‘chirilgan. HY277 Farg‘ona—Istanbul reysi Farg‘ona xalqaro aeroportidan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketgan. Shu munosabat bilan, HY278 Istanbul—Farg‘ona va HY082 Farg‘ona—Toshkent reyslari kechikib amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Rossiya “Azimut” aviakompaniyasining Toshkentga uchib, noqulay ob-havo sabab Navoiy xalqaro aeroportiga qo‘ngan samolyoti ham Toshkentga qayta uchib ketgan.
Izoh (0)