Ijtimoiy tarmoqlarda Madaniyat vazirligi tomonidan 15 milliard 514 million 900 ming so‘mga 2 ta maxsus avtomobil xarid qilingani xabar berildi.
Mazkur xabar jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. Boisi avvalroq moliya vaziri Timur Ishmetov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forumda O‘zbekiston iqtisodiyoti qiyin bosqichda xarajatlarni kamaytiraylik degandi.
Shu bois “Daryo” nashri vazirlik axborot xizmati bilan bog‘lanib, Moliya vazirligining mazkur chaqirig‘idan ko‘p o‘tmay Madaniyat vazirligining qimmatbaho avtomobillar xarid qilishiga sabab bo‘lgan omillar bilan qiziqdi.
Vazirlik axborot xizmati rahbari Orifjon Fayziyev tez orada mazkur holat yuzasidan vazirlik izohi berilishini bildirdi.