Rossiyaning Kostroma shahridagi kafeda yuz bergan yong‘in oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS” favqulodda xizmatlarga tayanib.
Yong‘in kechasi 2 yarimlarda boshlangan. Bu paytda kafeda ko‘p sonli odamlar bo‘lgan; 250 kishi evakuatsiya qilingan.
Binoning 3,5 ming kvadrat metr maydonida tom qulab tushgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga pirotexnikadan foydalanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin — xo‘randalardan biri signal raketasini otuvchi to‘pponchani qo‘llagan. Ayni paytda u qidirilmoqda.
Tergov qo‘mitasi ehtiyotsizlik tufayli ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lish haqidagi modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Izoh (0)