Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sizningcha, 100 ming obunachi juda ko‘pmi? Oddiy odam uchun, ehtimol, ha. Ammo folloverlari soni milliondan ko‘p bo‘lgan mashhurlar uchun — umuman ahamiyatsiz. AdMe nashri ko‘p sonli obunachilariga ega dunyodagi eng mashhur odamlar ro‘yxatini tuzdi.

1. Krishtianu Ronaldu

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Taniqli futbolchi dunyodagi eng mashhur odam hisoblanadi. Uning obunachilari soni 493 milliondan ko‘p va hali hech kim undan o‘zib keta olgani yo‘q.

 2. Kayli Jenner

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kayli dunyodagi eng mashhur ayol, uning akkauntiga 371 million kishi obuna bo‘lgan. Opa-singil Kardashyanlar orasida aynan Kayli ommaviy axborot vositalari nuqtayi nazaridan boshqalarga qaraganda mashhurroq: uning folloverlari opasi Kim Kardashyandan ham ko‘p.

3. Lionel Messi

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ijtimoiy tarmoqdagi muxlislar soni bo‘yicha Messi hamkasbi Ronaldudan kamroq obunachilarga ega, ammo 3-o‘rin ham yomon emas. Lionelning hayotini 370 million kishi qiziqish bilan kuzatmoqda.

4. Selena Gomes

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Selena ro‘yxatda 4-o‘rinni egalladi, lekin musiqachilar va aktrisalar orasida u eng ko‘p folloverlarga ega xonanda hisoblanadi. Uning ijtimoiy tarmoqdagi muxlislari soni 350 millionni tashkil etadi.

5. Dueyn Jonson

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Mashhur Qoya, sobiq kurashchi va hozirda aktyor Selenadan qolishmaydi. Uning obunachilari soniga ham havas qilsa bo‘ladi: 342 million kishi Dueyn Jonsonning hayoti va u yuklagan suratlari bilan qiziqadi.

6. Ariana Grande

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Sayyoramizdaning 334 million aholisi Ariana Grandega obuna bo‘lgan. U tarmoqdagi mashhurligi bo‘yicha Selena Gomesdan past bo‘lsa-da, dunyodagi eng mashhur qo‘shiqchi hisoblanadi.

7. Kim Kardashyan

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kim Kardashyan oilasi va mashhur ayollar orasida eng ko‘p folloverlariga ega bo‘lgan singlisi Kaylidan ancha orqada. Kimning 332 million obunachisi bor.

8. Beyonse

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Beyonse ushbu ro‘yxatdagi xonandalar orasida Ariana Grande va Selena Gomezdan keyin 3-o‘rinni egallagan. Qo‘shiqchining hayoti bilan qiziquvchilar soni 279 millionni tashkil etadi.

9. Xloi Kardashyan

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Eng mashhur odamlar o‘ntaligidagi so‘nggi ayol Kardashyanlarning yana biridir. Uning barcha obunachilariga dunyodagi eng katta stadionda ham joy yetarli bo‘lmaydi: u bor-yo‘g‘i 132 ming kishini sig‘dira oladi, Xloi akkauntini esa 277 million kishi kuzatib boradi.

10. Jastin Biber

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Baby” xit qo‘shig‘i ijrochisi kuchli o‘ntalikdan so‘nggi o‘rinni egalladi: uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga 261 million kishi obuna bo‘lgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona vodiysida suv ta’minotini yaxshilashga oid taqdimot bilan tanishdi (foto)
Madaniyat
Tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalari (foto)
Mahalliy
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi