Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashdi. Germaniya yetakchisi Xitoyga bir kunlik tashrif bilan keldi, deya xabar bermoqda Sinxua.
Matbuot xabarlariga ko‘ra, Si Szinpin Xitoy va Germaniya “o‘zgarish va ag‘dar-tuntar davrida” dunyo tinchligi uchun ko‘proq hamkorlik qilishi kerakligini aytgan.
Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi Xitoyda koronavirus bo‘yicha qattiq cheklovlar sharoitida o‘tgan. Si Szinpin Germaniya kanslerini himoya niqobisiz kutib olgan, biroq u bilan qo‘l berib ko‘rishmagan.
Bundan tashqari, Shols Xitoyga yetib kelganidan so‘ng, uning samolyoti ekipajni almashtirish uchun darhol Janubiy Koreyaga uchib ketishga majbur bo‘lgan. “Aks holda, eski ekipaj Xitoyda karantinda qolishi kerak bo‘lardi”, — dedi Germaniya Vazirlar Mahkamasidagi manba.
Avvalroq Myunxen xavfsizlik konferensiyasi rahbari Kristof Xoysgen Germaniya kansleri Olaf Sholsning Xitoyning Rossiyaga bo‘lgan munosabatiga ta’sir ko‘rsatish ehtimolini baholagan edi. Xoysgen Pekinning Moskvaga munosabati o‘zgarishini illyuziya deb atagan va bunga faqat G20 sammitida ta’sir o‘tkazish mumkinligini ta’kidlagan. “Ammo Xitoyni Rossiya maydonidan olib tashlash umidi — faqat illyuziya”, — degan u.
Izoh (0)