Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Ilon Mask Twitter xodimlarining yarmiga yaqinini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Twitter’ning 7,5 ming xodimidan 3,7 mingga yaqini ishdan bo‘shatiladi. Kompaniya, shuningdek, shtatda qolgan xodimlarga masofadan ishlashni taqiqlaydi. Bloomberg suhbatdoshlarining fikricha, bunday choralar xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan.
Avvalroq Mask Twitter direktorlar kengashini ishdan bo‘shatib, uni o‘zi boshqarishini aytgandi.
Ma’lumot uchun, tadbirkor 28-oktabr kuni Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shundan so‘ng u Twitter’ning bosh qarorgohiga tashrif buyurgan videosini e’lon qilgan.
Kompaniyani sotib olgach, Mask Twitter’da “keng fikr-mulohazaga ega bo‘lgan” odamlar ishtirok etadigan “senzura kengashi”ni e’lon qildi. Bundan tashqari, New York Times yozganidek, biznesmen kompaniya xodimlarini ishdan bo‘shatishni boshlashni buyurdi.
Shuningdek, Ilon Mask Twitter’ning ishdan bo‘shatilgan uch nafar rahbariga salkam 200 million dollar to‘lashi kerakligi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)