G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etadigan bo‘lsa, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy unda qatnashishdan bosh tortadi.
“Mening shaxsiy pozitsiyam va Ukrainaning pozitsiyasi shundan iboratki, agar Rossiya rahbari ishtirok etsa, unda Ukraina qatnashmaydi. Bu yog‘iga vaziyat qanday bo‘lishini ko‘ramiz”, — dedi Zelenskiy 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.
Shu bilan birga, u Ukraina 15—16-noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadigan sammitga tayyorgarlikni davom ettirayotganini qo‘shimcha qildi.
Rossiya va Ukraina prezidentlari Indoneziyadagi G20 sammitiga taklif qilingan. Moskva va Kiyev tadbirda ishtirok etish formati to‘g‘risida hali yakuniy qarorga kelmaganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)