Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya qo‘shinlari Zaporojye atom elektr stansiyasi hududida qurilish ishlarini olib bormoqda. Ular aynan nima qurayotgani noma’lum. Bu haqda Ukrainaning yadroviy tartibga solish davlat inspeksiyasi xabar berdi.

Foto: “Dialog.ua”

Foto: “Dialog.ua”

Inspeksiya bayonotiga ko‘ra, qurilish ishlari foydalanilgan yadro yonilg‘isi ombori o‘rnida olib borilmoqda, ombor — AESning yettita yadro inshootidan biri. Bu yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik standartlarini buzish hisoblanadi.

Bundan tashqari, inspeksiyaning ta’kidlashicha, stansiya xodimlari ish joyiga kiritilmayapti.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan ko‘p o‘tmay Zaporojye AES rus harbiylari qo‘liga o‘tdi. O‘shandan beri stansiya bir necha bor o‘qqa tutilgan, bunda mojaro tomonlari bir-birini ayblagan. Rossiya muntazam ravishda stansiya hududiga harbiy texnikani joylashtirishda ayblanmoqda. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik stansiyaga tashrifidan so‘ng atom elektr stansiyasi atrofida xavfsiz hudud yaratishga chaqirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi