Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yil boshidan buyon rossiyalik eng boy tadbirkorlarning umumiy boyligi 83,4 mlrd dollarga kamaydi. Bu haqda Bloomberg Billionaires Index (BBI) ma’lumotlariga asoslangan holda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

“Renova” egasi Viktor Vekselberg eng ko‘p mablag‘ yo‘qotdi, uning boyligi 11,2 mlrd dollarga kamayib, 7,32 mlrd dollarga bo‘lib qoldi. 

Yil boshidan beri Rossiyaning eng boy odami Vladimir Potanin 1 mlrd dollar yo‘qotgan. Uning boyligi hozirda 29,8 mlrd dollarni tashkil qiladi. 

2022-yilda “Novatek” hammuallifi Leonid Mixelsonning boyligi 8 milliard dollarga qisqargan bo‘lsa, yana bir milliarder Aleksey Mordashov 7,78 mlrd dollar yo‘qotgan. 

“Metalloinvest” egasi, asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan Alisher Usmonov joriy yilda 3,38 mlrd dollar yo‘qotgan. Uning boyligi hozirda 17,9 mlrd dollarni tashkil qiladi.  

Bloomberg indeksi milliarderlarga tegishli kompaniyalar aksiyalari qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi. 

Ro‘yxatga 25 nafar rossiyalik kiritilgan bo‘lib, ularning umumiy boyligi bugungi kunda 299,63 milliard dollarga baholanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi