O‘zbekiston IIV fuqarolarni muddati tugagan biometrik pasportlarni kechiktirmagan holda identifikatsion ID-kartalarga almashtirishga chaqirdi.
Vazirlik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining pasportsiz yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiz yoxud haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yashashi ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqarishini eslatib o‘tgan.
O‘zbekistonda fuqarolarga ID-karta berish 2021-yil yanvardan boshlangandi.
2022-yilning 31-dekabrigacha ID-kartalar 16 yoshga to‘lgan shaxslarga, shuningdek, pasport yo‘qolgan taqdirda, ism, sharif, familiya, millatni o‘zgartirish istagi tug‘ilganda va boshqa sabablar asosida ixtiyoriy tartibda beriladi. 2023-yilning 1-yanvaridan 2030-yilning 31-dekabrigacha biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish ularning muddati tugashi bilan majburiy tartibda amalga oshiriladi.
ID-karta olish uchun faqat pasport, ariza va bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi miqdorida davlat bojini to‘lash kerak. Boshqa hech qanday maxsus hujjat talab qilinmaydi.
Izoh (0)