AQSHning Chikago shahrida 31-oktabr oqshomida sodir bo‘lgan otishmada kamida 14 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda CNN shahar politsiyasiga tayanib.
Otishma shaharning Vestsayd tumanida sodir etilgan — u yerda odamlar tez-tez uchrashuv va yig‘inlar o‘tkazadi. Mashinada o‘tayotgan noma’lum shaxslar olomonga qarata o‘q uzgan, politsiya taxminiga ko‘ra, hujumni ikki kishi sodir etgan. Bir odamni mashina urib yuborgan.
Jabrlanuvchilar orasida uch, 11 va 13 yoshli bolalar ham bor, deya xabar bermoqda Fox News. Yaradorlarning axvoli yengildan og‘ir darajagacha, ular kasalxonalarga yotqizilgan.
Politsiya jinoyatchilar nima sababdan o‘t ochganini hali aniqlamadi.
4-iyul kuni AQSH mustaqilligi kunida Chikago chekkasida bayramona parad paytida otishma yuz bergan edi. Olti kishi halok bo‘lgan, yigirmaga yaqin odam jarohat olgan. Otishmani sodir etgan 22 yoshli Robert Krimo hujumdan bir kun o‘tib hibsga olingan.
Izoh (0)