Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif bilan keldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Aeroportda mehmonlarni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kutib oldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 1—2-noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Germaniya delegatsiyasi Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi yirik korxonalarga ham tashrif buyuradi.
Izoh (0)