“Barselona” Ispaniya chempionatining 12-turida “Valensiya”ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Xavi katalonlar bosh murabbiyi sifatida La Ligadagi 38-g‘alabasini nishonladi. Ularda mutaxassis jamoasi 27 g‘alaba, 6 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etgan hamda 87 ochko to‘plagan.
“Barselona”ning sobiq ustozi Xosep Gvardiola ham katalonlar boshqaruvida La Ligadagi dastlabki 38 o‘yinda xuddi shunday statistika namoyish qilgan.
Xavi “ko‘k-anorranglilar”ni 2021-yilning noyabridan beri boshqarib kelmoqda.
“Barselona” La Liga joriy mavsumidagi 12 o‘yinda 10 g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etdi. Xavi jamoasi 10 ta turda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Izoh (0)