AQSHning Arizona shtatida Toshkent vaqti bilan 30-oktabr tongida bloger Jeyk Pol va UFC sobiq chempioni Anderson Silva o‘rtasida boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazildi.
Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda hakamlarning barchasi Polning g‘alabasini qayd etdi — 77-74, 78-73, 78-73. Bloger so‘nggi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirishga erishdi.
Shu tariqa Jeyk Pol professional boksdagi oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bloger bundan avval yana bir UFC sobiq chempioni Tayron Vudlini nokautga uchratgandi.
Izoh (0)