Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Angren shahrining “Jigariston” mahallasi hududida 8 nafar fuqaro to‘r yordamida noqonuniy ravishda yovvoyi chumchuqsimonlar oilasiga mansub bo‘lgan sa’valarni ovlayotgani ma’lum bo‘ldi.
O‘rganishlar davomida 60 dona sa’va va noqonuniy ov qurollari (to‘rlar) dalolatnoma asosida olib qo‘yilib, sodir etilgan huquqbuzarlik uchun 8 nafar fuqaroning har biriga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasi 1-qismi bilan har biriga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida (3 million so‘mdan) jarima qo‘llandi.
60 dona sa’va qush shu kunning o‘zida davlat inspektorlar tomonidan tabiatga qo‘yib yuborildi.
Izoh (0)