Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel muzokaralari chog‘ida so‘z erkinligini ta’minlash masalasiga to‘xtalib o‘tildi.
Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, bu borada O‘zbekistonda qilinayotgan ishlar haqida gapirildi. Davlat rahbari O‘zbekiston so‘z erkinligini ta’minlash sohasida Yevropa Ittifoqi bilan amalga oshirilayotgan juda yaqin va ochiq hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning natijalarini baholash va ommaviy axborot vositalarini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishelni “Ko‘ksaroy” qarorgohida kutib oldi
Izoh (0)