O‘zbekistonga 2022-yilning 9 oyi davomida 318 156 nafar Rossiya fuqarosi kirib kelgan.
O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining O‘zAga ma’lum qilishicha, ularning 210 ming 902 nafarini erkaklar, 107 ming 254 nafarini ayollar tashkil qiladi.
2022-yilning birinchi yarmida Rossiyani 419 ming kishi tark etgandi. Bu 2021-yilning shu davriga nisbatan (202 ming kishi) ikki marta ko‘p.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada harbiy safarbarlik e’lon qilingandan so‘ng 600—700 kishi mamlakatni tark etgan.
Izoh (0)