• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Oyna tozalagich, taglik, Apger shkalasi: Ayollar tomonidan ixtiro qilingan foydali buyumlar

    Ayollar nafaqat tagliklar, balki avtomobil oynasini tozalagichlar va idish yuvish mashinasini ham ixtiro qilganini bilasizmi?

    Bir martalik tagliklar

    Foto: “Fotodom”

    Foto: “Fotodom”

    Marion Donovan ixtirochi oilasida o‘sgan va otasining iste’dodini to‘liq meros qilib olgan. Ayniqsa, Marion ona bo‘lgach, chaqaloqning kiyimlarini qanday qilib toza va quruq saqlash haqida o‘ylay boshlaydi. Shunday qilib, ixtirochi bir necha bor ishlangan bir martalik taglikni o‘ylab topadi. Aftidan, butun dunyo darhol bu ayolga ta’zim qilishi kerak edi. Biroq tagliklar ishlab chiqaruvchisini topishga bo‘lgan birinchi urinish tushunmovchilik bilan yakun topadi. Erkaklar: “Bir martalik taglik? Nima u?! Bu kimga kerak?!”, — deb ustidan kuladi. Ammo bugungi kunda ota-onalarning hayotini butunlay o‘zgartirgani uchun olimadan minnatdor bo‘lish lozim.

    Idish yuvish mashinasi

    Foto: “Fotodom”

    Foto: “Fotodom”

    Idish yuvish mashinasining yaratilishi Jozefina Kokreyn bilan bog‘liq. Afsonaga ko‘ra, u oilasidagi yo‘qotishdan keyin ushbu qurilmani yasashni o‘z zimmasiga oladi. Biroq uni tajriba qilishga undagan oddiy ehtiyoj edi. Jozefinaning eri vafot etgach, oilasi qarzga botib qoladi. Natijada ayol o‘zining muhandislik qobiliyatini ishga solib, yasagan narsalarini sotishga harakat qilishdan boshqa iloji qolmaydi. U orqa hovlidagi omborga qamalib oladi va ko‘p o‘tmay dunyoga idishlarni sovunli ko‘pik yoki toza issiq suv bilan yuvadigan mashinani namoyish etadi.

    Apgar shkalasi

    Foto: “Fotodom”

    Foto: “Fotodom”

    Bugungi kunda har bir ona tug‘uruqxonada bu so‘zlarni bolaning jinsi, vazni va bo‘yi bilan birga eshitadi. 1952-yilda anesteziologlar konferensiyasida iste’dodli shifokor Virjiniya Apgar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning holatini baholash tizimini joriy etadi. Hayotning dastlabki daqiqalarida chaqaloqning nafas olishi, reflekslari, terisining rangi va pulsini kuzatish orqali shifokorlar uni 10 balli shkala bo‘yicha tezda baholaydi va keyingi muolajalar, shu jumladan, reanimatsiya zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qiladilar.

    Kenguru-ryukzak

    Foto: “Fotodom”

    Foto: “Fotodom”

    Ellik yil oldin Enn Murning ixtirosi shov-shuvlarga sabab bo‘ladi. Pediatr Enn 1960-yillarda G‘arbiy Afrikada Tinchlik korpusida ishlagan. U yerda u nafaqat bolalarni davolagan, balki onalariga chaqaloqlarga qanday g‘amxo‘rlik qilishni ham o‘rgatgan. Amerikaga uyiga qaytgan Enn tez orada ona bo‘ladi. U qizini aravada olib yurishdan ko‘ra, afrikalik ayollarga o‘xshab ko‘tarish qulayroq ekanligini tushunadi. U Afrikada ko‘rgan xalta dizaynini mustahkam suyanchiq bilan to‘ldiradi va 1969-yilda kenguru-ryukzakni patentlaydi.

    Avtomobil oynalarini tozalagichlari

    Foto: “Fotodom”

    Foto: “Fotodom”

    1903-yilning sovuq qishida rieltor, uzum yetishtiruvchi va ixtirochi Meri Anderson Nyu-Yorkka keladi va trolleybusda yurishga majbur bo‘ladi. Ayoz, shamol va qorga qaramay, haydovchi derazalari ochiq holda harakatlanayotgan edi. Aks holda yo‘lni ko‘rishning iloji bo‘lmasdi. Xuddi shu yili Meri kabinadan boshqariladigan richag ixtiro qiladi va patentlaydi. Richag yordamida haydovchi tashqi tomonga biriktirilgan rezinani harakatga keltiradi va oynani tozalaydi. Uzoq vaqtgacha hech kim birinchi “oyna tozalagichlar”ni jiddiy qabul qilmaydi – tadbirkorlar bu biznesda daromad hech qachon xarajatlarni qoplamasligiga ishonishadi.

    Qahva filtri

    Foto: “Fotodom”

    Foto: “Fotodom”

    Drezdenda noshir oilasida tug‘ilgan Melitta Benz bolaligidanoq mehribonligi va g‘ayrati bilan tanilgandi. Turmushga chiqib, ikki o‘g‘illi bo‘lgan Melitta tez-tez bir chashka sevimli qahvasini ichib, dam olardi. Unga faqat idish tagida qoladigan qahva quyqasi yoqmasdi. Bir kuni uning xayoliga ajoyib fikr keladi: kostryulka tagini teshib, o‘g‘lining daftaridagi bosma qog‘ozni qo‘yib, kofeni shu filtr orqa-li suzsa-chi? 1908yilda u o‘z ixtirosi uchun “foydali model” sifatida patent oladi va darhol katta kelajakka ega bo‘lgan oilaviy biznesini ochadi.

    Ko‘rinmas shisha

    Foto: “Fotodom”

    Foto: “Fotodom”

    1935-yilda Ketrin Blojet General Electric kompaniyasida ishlagan. U ushbu kompaniyadagi birinchi ayol olima bo‘lib, nozik (juda yupqa, monomolekulyar) plyonkani shisha va metallga o‘tkazish yo‘lini kashf etish baxtiga sazovor bo‘ladi. Natijada tasvirni aks ettirmaydigan shishani ixtiro qiladi. Uning ixtirosi kamera, mikroskop, ko‘zoynak va boshqalarni ishlab chiqarishda juda asqatadi.

    Soch dazmoli

    Foto: “Fotodom”

    Foto: “Fotodom”

    Sara Uokerdan oldin hech kim sochlarni tekislaydigan qurilma haqida o‘ylamagan. Jingalak sochli afroamerikalik ayol Sara silliq soch turmagini xohlaydi. Bir kuni u metall taroqni isitib, sochlarini taraydi. O‘sha vaqtda ham Sara allaqachon o‘zining kichik biznesiga ega edi, u sochlarini davolaydigan balzam va moylar sotardi. Ammo isitiladigan taroq texnologiyasi haqiqiy omad edi. Aynan u bilan qora tanli ayollar, keyin esa boshqa jingalak sochli ayollar tekis sochga ega bo‘lishadi. Aytgancha, Sara mustaqil holda million dollar ishlab topgan birinchi afroamerikalik ayol sifatida ham tarixga muhrlanadi.

    28.10.2022, 11:47   Izoh (0)   15025
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hind go‘zalligi: Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning katta boylikka ega rafiqasi haqida nimalarni bilamiz?

    28.10.2022, 09:55

    Instagram: Shahnoza Mirziyoyeva oilasining yubileyi, Umra safaridan qaytgan Shahlo Zoirova, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Halima

    27.10.2022, 22:35

    “Dunyoni zabt eta olaman, bu qo‘limdan keladi”. Sultonali Rahmatov chet eldan ijodiy hamkorlar izlayotgani hamda 300 ming dollarga sotgan albomi haqida (video)

    27.10.2022, 20:34

    Yangi “Cheburashka” multfilmining treyleri taqdim etildi: bosh qahramon qanchalik o‘zgargan? (video)

    27.10.2022, 19:56

    Jahon yulduzlarining yashirin ma’noga ega noodatiy zargarlik buyumlari (foto)

    27.10.2022, 17:38

    “Ajrashishimizni kutganlar, ovora bo‘lasizlar biz baxtli bo‘lamiz”. Jiddiy kelishmovchiliklarga borib, yana oilasini saqlab qolgan san’atkorlar (video)

    27.10.2022, 16:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.