Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo”da Nukusning markaziy ko‘chalarida “shumaxerlar” paydo bo‘lgani xabar berilgandi. “Daryo” muxbiri so‘roviga javoban, Qoraqalpog‘iston YHXB matbuot xizmati rahbari Tursinbay O‘temuratovning drift qilgan Cobalt shahar kameralari orqali qidirilayotganini bildirgandi.

Boshqarma matbuot xizmatining bugungi xabariga ko‘ra, raqamsiz Cobalt topilgan.

Ma‘lum bo‘lishicha, Cobalt haydovchisi Daniyar Masharipov 22-oktabr kuni do‘stlari bilan drift qilish bo‘yicha bahs bog‘lagan. Shundan keyin u soat 03:00 lar atrofida Nukusning O‘zbekiston (sobiq To‘rtko‘l) guzari, Beruniy va Allayar Do‘snazarov ko‘chalarida mashinaning davlat raqamini yechib, qarama-qarshi yo‘nalishda drift qilgan.

Ichki ishlar xodimlari bilmasin deb mashina raqamlarini yechgandim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqalarga bunday qilishni tavsiya qilmayman, — deydi haydovchi.
Boshqarma komandiri Jaqsimurat To‘reniyazovning aytishicha, Cobalt raqami 95 884 BBA ekanligi aniqlangan. Haydovchiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi ikkinchi qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solingan. Mashinaning o‘zi esa jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi