Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘ztransgaz” AJ axborot xizmati rahbari Tolib Rahmatov mehnat qonunchiligi talablarini buzgan 28 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “O‘ztransgaz” tizimida komplayens-nazorat bo‘limi hamda murojaatlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari haqida ma’lumot berilgan. O‘tgan davr mobaynida aksiyadorlik jamiyati komplayens-nazorat bo‘limi tomonidan 13 marta xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Mehnat qonunchiligi talablarini buzgan 28 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llash yuzasidan tavsiyalar berilgan. 2 ta holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun prokuraturaga taqdim etilgan.

Shu bilan birga, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati komplayens-nazorat bo‘limi yilning 3-choragi mobaynida tarkibiy tuzilmalarda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazdi.

Ishchi guruhlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida jami 71 ta sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu sayyor qabullarda fuqarolardan jami 162 ta og‘zaki murojaat tushgan bo‘lib, ko‘tarilgan muammoli masalalar joyida mutaxassislar tomonidan hal etildi yoki tegishli tartibda tushuntirishlar berildi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatiga jismoniy va yuridik shaxslardan 283 ta yozma, Prezidentning virtual qabulxonasi orqali 196 ta, 13 ta elektron pochta orqali va 203 ta og‘zaki murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning ko‘rib chiqilishi nazoratga olinib, 223 tasi qanoatlantirilgan, 258 tasi bo‘yicha mualliflarga to‘liq tushuntirishlar berilgan va 18 tasi bo‘yicha o‘rganishlar olib borilyapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)