• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Armaniston parlamenti yig‘ilishiga bostirib kirgan terrorchilar, Akayev davridagi Qirg‘iziston va chechenlar yetakchisiga aylangan Joxar Dudayev. Kun xronologiyasida 27-oktabr

    27-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Armaniston parlamenti yig‘ilishiga bostirib kirgan terrorchilar, Qirg‘iziston birinchi prezidentiga aylangan Asqar Akayev va general Joxar Dudayevning Checheniston rahbariga oid faktlar o‘rin olgan.

    Armaniston parlamentiga bostirib kirgan terrorchilar

    1999-yilning 27-oktabr kuni Yerevanda terakt sodir bo‘lgandi. Jinoyatchilar Armaniston milliy kengashi yig‘ilishi o‘tkazilayotgan zalga bostirib kirib, parlament va hukumat a’zolarini o‘qqa tuta boshlagan.

    Foto: APA

    Foto: APA

    Terrorchilik hujumi oqibatida Armaniston bosh vaziri Vazgen Sarkisyan, parlament spikeri Karen Demirchyan, spiker o‘rinbosarlari Yuriy Baxshyan va Ruben Miroyan, tezkor masalalar bo‘yicha vazir Leonard Petrosyan, parlament deputatlari Armenak Armenakyan, Genriy Abramyan, Mikael Kotanyan halok bo‘lgan.

    Yetti kishi jarohat olgan — deputatlar Ermine Nagdalyan, Andranik Manukyan, Armen Xachatryan, Edmong Saturyan, Jirayr Gevorkyan va Emma Xudabashyan, xususiyalashtirish vaziri Pavel Galtaxchyan. 40 ortiq odam asirga olingan.

    Asirlarning bir qismi shu kuni kechasi ozod qilgan, qolganlari ertalabgacha — mamlakat prezidenti Robert Kocharyan bilan muzokaralardan keyin Nairi Unanyan boshchiligidagi qurollangan shaxslar taslim bo‘lgunga qadar tutqunda bo‘lgan.

    Mazkur ishda 91 kishi jabrlangan deb topilgan, 129 kishi guvoh sifatida so‘roq qilingan bo‘lib, ular orasida milliy kengash apparati xodimlari, jurnalist va qo‘riqchilar ham bo‘lgan.

    Terakt tergovi doirasida Milliy xavfsizlik kotibi, Armaniston prezidentining maslahatchisi Aleksan Arutyunyan hibsga olingan. 2000-yilning yanvarida Milliy televideniye ijrochi direktori o‘rinbosari Arutyun Arutyunyan ushlangan. Oxir-oqibat ikkisi ham ozod etilgan.

    Sud jarayoni 2001-yilning 15-fevralida boshlangan. 2001-yilning 20-iyunida amnistiya to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan va 30 nafar ayblanuvchining olti nafari qo‘yib yuborilgan. 2003-yil 2-dekabrda Armaniston parlamentidagi terakt bo‘yicha hukmni e’lon qilgan.

    Foto: APA

    Foto: APA

    Olti nafar sudlanuvchi — sobiq jurnalist va guruh rahbari Nairi Unanyan va uning ukasi Karen Unanyan, Edik Grigoryan, Vram Galstyan, Derenik Bejanyan va Ashot Knyazyan umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan, Gamlet Stepanyan esa 14 yildan ozodlikdan mahrum qilingan. Yetti nafar shaxsning barchasi Armaniston Jinoyat kodeksining qator moddalari, jumladan, davlatga xiyonat va terrorizmda aybdor deb topilgan.

    Terrorchilik harakati tashkilotchilariga nisbatan alohida protsessga bo‘lingan qism bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2004-yil noyabrda Armaniston Bosh prokuraturasi jinoyat alomatlarining yo‘qligi bois ishni to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Tergov guruhi rahbarining ma’lumotlariga ko‘ra, teraktni tashkillashtirishga ehtimoliy aloqadorlarga oid yangi faktlarni aniqlash borasida barcha tergov-tezkor usullaridan foydalanilgan.

    Foto: Regnum

    Foto: Regnum

    2011-yilda umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan qurollangan guruh yetakchisi Nairi Unanyan tayinlangan jazoni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ariza bergan. Sud uning talabini rad etgan. 2019-yilda u shartli ravishda muddatidan oldin ozod etilish bo‘yicha da’vo arizasini kiritgan. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, 20 yil jazo o‘tagan mahkum shu kabi imkoniyatni so‘rashga haqli.

    2009-yilning 27-oktabr kuni Armaniston Milliy kengashi bog‘ida terakt qurbonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.

    Foto: Regnum

    Foto: Regnum

    Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, terakt mintaqada o‘z manfaatlarini ko‘zlagan mamlakat maxsus xizmatlari tomonidan tashkillashtirilgan. Mazkur versiya 1999-yilning noyabrida Istanbulda YXHT sammiti o‘tkazilishi, unda Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari bir hujjatni imzolashi kerak bo‘lgani bilan asoslangan. Qorabog‘ muammosini hal etishga ishtirok etgan o‘rtakashlardan birining taklifiga ko‘ra, Ozarbayjon To‘g‘ri Qorabog‘ bilan birlashtirib turuvchi Lochin koridorini Armanistonga berishi, o‘rniga Megrin tumani hududlarining bir qismini olishi kerak bo‘lgan. Ushbu variant arman siyosatchilari tomonidan yomon kutib olingan. Ayniqsa, bosh vazir Vazgen Sarkisyan va spiker Karen Demirchyan faol qarshilik ko‘rsatgan. Armaniston parlamentidagi teraktdan keyin Istanbulda hujjat imzolanmagan.

    Asqar Akayev davrida Qirg‘iziston qanday yashagandi?

    1990-yilning 27-oktabr kuni Asqar Akayev Qirg‘iziston SSR prezidenti etib saylangandi. U mamlakatni 15 yil davomida boshqargan bo‘lib, nafaqat demokratiya, so‘z erkinligi, siyosiy plyuralizm tamal toshini qo‘ygan, balki siyosiy ta’qiblar va tanish-bilishchilik an’analarini avj oldirgan. Akayev davrida og‘riqli xususiylashtirish o‘tkazilgan, korrupsiya oshgan, ommaviy mehnat migratsiyasi boshlangan. Davlat rahbari va uning oilasiga qarshi aksiyalar namoyishchilarning o‘limi bilan yakunlangan.

    Foto: “Kommersant”

    Foto: “Kommersant”

    Asqar Akayev 1944-yilning 10-noyabrida kolxozchi oilasida dunyoga kelgan. Maktabni oldin medal bilan tamomlab, Leningrad aniq mexanika va optika institutiga o‘qishga kirgan, keyinchalik shu yerda aspiranturaga qolgan. 1980-yilda u Moskva muhandislik-fizika institutida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan, to‘rt yildan keyin Qirg‘iziston SSR akademigiga aylanish uchun vataniga qaytgan. 1989-yilda Akayev respublika Fanlar akademiyasi rahbari bo‘lgan. 1990-yil 27-oktabr kuni Akayev respublika Oliy Kengashi qarori bilan prezident etib saylangan. 1991-yil 31-avgustda Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda demokratik yo‘nalish rivojlanayotgan birinchi mustaqil respublikaga aylangan.

    Qirg‘iziston mustaqillikka erishganidan keyin o‘zining birinchi Konstitutsiyasini qabul qilib, u bilan demokratik prinsiplar va qonun ustuvorligini mustahkamlab qo‘ygan. G‘arb tadqiqotchilari Qirg‘izistonni sobiq SSSRdagi “demokratiya vohasi” deb atagan. Qirg‘iziston parallel ravishda boshqa davlatlarga o‘z chegaralarini ochga boshlagan.

    “Akayev davirda birinchi ‘chelnoklar’ paydo bo‘ldi. Odamlar Turkiya va Xitoydan tovar olib kelib, shu yerda sota boshladi, chunki bozorlar bo‘sh edi. Hatto saqich ham Turkiyadan olib kelinardi”, — deydi suratkash Isken Sidikov.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    1995-yilda Akayev prezidentlik saylovlarida 71 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozongan. O‘shanda davlat rahbari mustaqil ResPublica gazetasiga qarshi da’vo arizasini kiritib, nashrni prezidentning Shveysariya va Turkiyada ko‘chmas mulklari borligi haqida bo‘hton maqola yozganlikda ayblagan. Sud nashr bosh muharriri Zamir Sidikovni bir yilga ozodlikdan mahrum etgan. 1997-yilda Sidikov yana yuqoridagi ayblov bilan 1,6 yilga qamalgan, biroq Oliy suddagi mitinglar seriyasidan keyin u oqlangan.

    1997-yilda boshqa yuqori martabali amaldorlar ham, masalan, bosh vazir Nikolay Tanayev jurnalistlarni tuhmat va haqoratda ayblab, sudga bera boshlagan. “Kechagina so‘z erkinligi haqida gapirgan odamlar jurnalistlarga bosim o‘tkazar, ko‘p millionlik da’vo arizalarini kiritib, nashrni xonavayron qilar edi. Gazetalar yopilib ketdi, nashriyot uylari tortib olindi”, — deydi ResPublica’da ishlagan Vlad Ushakov.

    Shu bilan birga, muxolifatga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan: Bishkek sobiq meri va prezidentlik saylovlarida Akayevning asosiy raqibi Feliks Kulov xizmat mavqeyini suiiste’mol qilishda ayblangan. 1992-yildan 1996-yilga qadar Qirg‘iziston YIM 60 foizga tushib ketib, qashshoqlik va ishsizlik darajasini oshirib yuborgan. 2000-yil esa qirg‘izistonliklar orasidagi mehnat migratsiyasi eng yuqori nuqtaga chiqqan: mamlakatdan 400 ming kishi ishlash uchun xorijga, asosan, Rossiyaga chiqib ketgan.

    Migrantlarning pul o‘tkazmalari hisobiga mamlakatdagi qashshoqlik darajasi qisqara boshlagan, biroq qirg‘izistonliklarning qariyb yarmi kuniga 1,9 dollardan kamroqqa yashashga majbur edi. Shu sababli mehnat migratsiyasi orta boshlagan.

    2002-yilda migrantlarning pul o‘tkazmalari hajmi 28 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2005-yilda qirg‘izistonliklar o‘z uylariga 280 million dollar yuborgan — bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 13 foizi edi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    2002-yilda Akayev parlament ruxsatisiz mamlakatning Xitoy bilan chegarasidagi bahsli 95 ming gektar yerni berish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolaydi. Muxolifat Akayevni korrupsiya va qonunbuzarlikda ayblaydi, chunki chegara demarkatsiyasiga oid qarorni faqat Yuqori Kengash qabul qila olgan.

    Prezidentga impichment e’lon qilish taklifini ilgari surgan muxolif deputat Azimbek Beknazarovning hibsga olinishi 2002-yil martda Akayevga qarshi Jalolobod tumanida norozilik namoyishlarini yuzaga keltirgan. O‘shanda kuch tuzilmalari tinch aholiga qarshi o‘q uzib, olti kishini o‘ldirgandi.

    2003-yilgi referendumda Akayev prezidentlik vakolatlarini sezilarli darajada kengaytirishga erishgan. Akayev hokimiyatni zo‘ravonlik bilan ushlab turish va qarindosh-urug‘chilik boshqaruvida ayblash davom etgan. 2005-yilda Akayevning oilasi mamlakatni erkin boshqargan: rafiqasi Maryam Akayeva barcha kadr masalalarini hal etgan, parlament esa farzandlari — Aydar va Bermet qo‘liga o‘tgan. Aholining og‘ir iqtisodiy holati, ishsizlik, ommaviy korrupsiya va parlament saylovlari natijalarining soxtalashtirilishi 2005-yilning martida “lola inqilobi”ga olib kelgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    O‘sha yili parlament saylovlarida faqat hukumatga qarovchi partiyalar g‘olib chiqqan, ayrim muxoliflar hatto saylovlarga qo‘yilmagan ham. YXHT va Yevroparlamentdan kelgan kuzatuvchilar ovoz berish jarayonlarini xalqaro normalarga mos kelmaydi deya tan olgan.

    4-mart kuni Qirg‘iziston janubida norozilik to‘lqinlari boshlangan — muxolifat tarafdorlari ma’muriy binolarni egallab olib, muqobil boshqaruv organlarini tuzishga kirishgan. Ikki haftadan keyin muxolifat respublika janubini nazorat ostiga olgan va Akayevning iste’fosini talab qilgan. 24-mart kuni namoyishlar Bishkekka yetib borgan: Alato maydonida 30 ming odam to‘planib, Oq uyni egallagan. Akayev so‘nggi daqiqalarda xonasidan tark etib, oilasi bilan Qirg‘izistondan qochib ketishga ulgurgan.

    Dudayevning Checheniston tepasiga kelishi

    Bundan 31 yil oldin 27-oktabr kuni sovet Harbiy-havo kuchlari sobiq generali Joxar Dudayev o‘zini o‘zi respublika deya e’lon qilgan Checheniston Ichkeriya Respublikasi prezidenti etib saylangan. U Chechenistonning Rossiyadan ajralishi tarafdori bo‘lgan. Aynan u 1994-yilning dekabrida federal kuchlarga qarshi boshlangan jangovar harakatlarga boshchilik qilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Rossiya qonunchiligiga zid ravishda paydo bo‘lgan Ichkeriya 2000-yilga qadar mavjud edi. Federal hukumat davlat ichida boshqa davlatning yaratilishiga qarshilik ko‘rsatishga uringan. Nolegetimlik va dunyoning biror davlati tomonidan tan olinmaslikka qaramay Dudayevning qaroriga ko‘ra, “respublika”ning o‘z madhiyasi, bayrog‘i va gerbi, shuningdek, shariat sudlari paydo bo‘lgan.

    Dudayev 1996-yilning aprelida o‘ldirilgan. Raketa zarbalari u Chechenistondagi Gexi-Chu qishlog‘ida sun’iy yo‘ldosh telefoni orqali muloqot qilayotgan vaqtda amalga oshirilgan. Separatistlar yetakchisining o‘ldirilishi Kremlga u qadar foyda bermagan: bu vaqtga kelib jangarilar Chechenistonni o‘z nazorati ostiga olgandi. Bir necha oydan keyin imzolangan tinchlik bitimi mojaroga yakun yasagan, biroq bir necha yilga Chechenistonni de-fakto mustaqil davlatga aylantirgandi.

    Dudayev SSSR davrida omadli harbiy uchuvchi, strategik uzoq masofali bombardimonchi qo‘mondoni va millati Chechen bo‘lgan yagona general edi. U Tambov oliy harbiy bilim yurtiga ota-onasida aytmasdan hujjat topshirgan va u o‘qishga qabul qilingan.

    Dudayevning bevasi Alla o‘zining avtobiografik kitobida marhum turmush o‘rtog‘i haqida yozgan bo‘lib, Dudayev polk komandiri sifatida hamkasb ofitserlari orasida yaxshi obro‘ga ega bo‘lgan, Dudayevni yaxshi tanigan Harbiy-havo kuchlari generali Vladimir Bezkovov esa shaxsan uni polk komandiri etib tayinlashni tavsiya qilgan.

    Foto: Peoples

    Foto: Peoples

    1990-yili armiya safidan general-mayor harbiy unvonida bo‘shagan Dudayev Umummilliy Chechen xalqi kongressi rahbari etib tayinlanish taklifini qabul qilgan. Kongress tarkibidan turli rasmiy Checheniston-Ingushetiya hukumatiga qarshi bo‘lgan turli muxolifat guruhlari to‘plangandi. Ularning a’zolari orasida bo‘lajak Chechen jangarilari komandirlari Zelimxan Yandarbiyev va Movladi Udugov ham bo‘lgan. 1991-yil avgustdagi norozilik namoyishlaridan foydalangan Dudayev hamda uning tarafdorlari mahalliy hukumatga qarshi chiqa boshlaydi.

    Qo‘zg‘olon ko‘targan respublikaning deyarli yagona yetakchisi aylangan Dudayev barcha boshqaruv organlarini bo‘ysundirib, rahbar roliga kirishgan. 1994-yilda Grozniyda Rossiya mudofaa vaziri Pavel Grachev va Joxar Dudayev ishtirokidagi oxirgi uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Ularning ikkisi ham o‘z vaqtida Afg‘onistonda xizmat qilgandi.

    Foto: Peoples

    Foto: Peoples

    Biroq generallarning muloqoti qovushmaydi. O‘sha uchrashuv guvohlarining aytishicha, Dudayev Rossiya prezidenti Boris Yelsin o‘zi bilan uchrashishni istamayotganidan shikoyat qilgan. Yelsin administratsiyasining sobiq rahbari Sergey Filatovga ko‘ra, ko‘plab vaziyatlar sabab Dudayevning ham, federal markazning ham yaqinlashishi qiyin bo‘lgan.

    “Dudayevning yonida doim Basayev va uning jamoasi bor bo‘lib, uni hech kim bilan gaplashtirmasdi. Yelsin bilan uchrashish imkoniyati bor edi, biroq Kremlda unga nisbatan munosabat aniq emasdi: ko‘pchilik u o‘z reytingini ko‘tarishda uchrashuvdan foydalanmoqchi deb hisoblagan”, — deydi Filatov.

    Uchrashuvda Grachev va Dudayev bir-biriga sen deb murojaat qilgan bo‘lsa-da, ular murosaga kela olmagan. “Xo‘sh, Jo‘xar urushamizmi?”, “Ha, Pasha, urushamiz”, — degan Dudayev.

    Foto: Peoples

    Foto: Peoples

    1994-yilning noyabr oxirlarida Grozniyda aksilterrorchilik operatsiyasini boshlash bo‘yicha qaror qabul qilingan. Grachev Grozniyni “bitta desant polka” bilan olishga uringan, biroq buni amalga oshira olmagan, jangarilarning aksariyat komandirlari, jumladan, Aslan Masxadov Sovet armiyasida xizmat qilgan bo‘lib, raqiblar harakatini tushungan. General Lex Roxlin oxir-oqibat Grachev tomonidan Grozniyni qo‘lga olish rejasini “jinoiy avantyura” deb atagan.

    Birinchi Chechen urushida umumiy hisobda federal kuchlarning 5 ming harbiysi halok bo‘lgan, 16 mingdan ortiq odam jarohatlangan. Inson huquqlari himoyachilariga ko‘ra, qurbonlar soni aslida bundan besh barobarga ko‘pni tashkil etadi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: AQSHdagi kitlarni qutqarib qolgan sovet dengizchilari, MRB boshlig‘i tomonidan o‘ldirilgan Koreya prezidenti va sirli “YOGTZE ishi”. Kun xronologiyasida 26-oktabr

    27.10.2022, 09:30   Izoh (0)   51648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Orlovda O‘zbekiston fuqarolariga urushga chaqiruv qog‘ozlari kelgan

    27.10.2022, 08:27

    Gvineya-Bisau prezidenti Zelenskiyga Putinning murojaatini yetkazdi

    27.10.2022, 08:24

    Erondagi Shoh Cherax maqbarasiga terrorchilar tomonidan o‘t ochildi

    26.10.2022, 23:56

    Shveysariya Ukrainaga harbiy mahsulotlar eksportini chekladi

    26.10.2022, 23:50

    “Bir hafta ichida 70 ming odam Dneprning chap qirg‘og‘iga o‘tdi” — Saldo

    26.10.2022, 22:58

    Kseniya Sobchak katta miqdordagi tovlamachilik ishida gumon qilinmoqda

    26.10.2022, 22:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirlarini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.