Qashqadaryo hokimi prezidentga viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalari bo‘yicha hisobot bergan edi. Shundan so‘ng prezident mutasaddilarga tegishli topshiriqlarni vazifa qilib qo‘ydi.
Jumladan:
- Shahrisabzning Miraki, Suvtushar va Sarchashma, Kitobning Qaynar va Bashir, Qamashidagi Beshterak va Mirishkordagi Jeynov qishloqlarida turizmni rivojlantirish;
- yil yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatida mavjud 46 ta kon zaxiralarini xatlovdan o‘tkazib, auksionga chiqarish;
- Muborak, Nishon, G‘uzor va Mirishkor tumanlarida sotilmasdan turgan 82 ta davlat mulki narxini 50 foizga kamaytirib, savdoga chiqarish;
- Shahrisabz shahridagi bo‘sh turgan mulklar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish;
- “Rubikon Voter” texnologiyasi asosida Qashqadaryoda sug‘orish tizimini yaxshilash loyihasini kengaytirish masalasini ishlab chiqish;
- 2023-yil 1-iyulga qadar G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu yo‘lining 100 kilometr qismini ta’mirlash loyihasini ishlab chiqib, ishlarni boshlash;
- yil yakuniga qadar Samarqanddan Shahrisabzga o‘tuvchi 30 kilometr yo‘lni ta’mirlash loyihasini ishlab chiqish;
- Koson tumanidagi industrial zona infratuzilmasi uchun 40 milliard so‘m ajratish vazifasi qo‘yildi.
Izoh (0)