• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Olti yil ichida to‘rtinchisi. Nega Britaniya bosh vaziri hadeb alishaveryapti?

    20-oktabr kuni Buyuk Britaniyaning amaldagi bosh vaziri Liz Trass 45 kunlik faoliyatidan so‘ng lavozimidan iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Holat uning iqtisodiyot sohasidagi keskin islohotlarga boy rejasi jamoatchilik tomonidan salbiy kutib olingani fonida sodir bo‘ldi. O‘zi yetakchilik qilgan Konservatorlar partiyasi deputatlari ham Trassning iste’fosini talab qila boshladi va oxir-oqibat bu amalga oshdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xo‘sh, Birlashgan Qirollik tarixidagi uchinchi ayol bosh vazirning iste’fosiga nimalar sababchi bo‘ldi? Endi kim undan bo‘shab qolgan kursini egallaydi? O‘zi mamlakatdagi siyosiy tizim qaysi mezonlar ustiga qurilgan? Shu savollarga javob topishga urinib ko‘ramiz.

    Baxt qushi qo‘ngan siyosatchi

    Trass xonim Buyuk Britaniya raisi lavozimiga shu yilning 5-sentabrida saylandi. Ammo saylov umumxalq o‘rtasida emas, Konservativ partiyaning 160 ming nafarga yaqin a’zosi orasida kechgan xolos (bu mamlakat aholisining atiga 1 foizini tashkil etadi). Sababi o‘shanda partiyaning amaldagi yetakchisi, sobiq bosh vazir Boris Jonson bir qator mojaroli holatlar sabab iste’fo berishga majbur bo‘lgan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra esa, uning o‘rniga yangi rahbar tayinlash vakolati mamlakat parlamentidagi hukmron guruh — Konservativ partiya qo‘lida edi. Liz Trass partiyaning ana shu ichki saylovlarida Rishi Sunakni katta farq bilan ortda qoldirdi va natijada hukumatning eng yuqori lavozimiga ko‘tarildi.

    Ammo bungacha Liz Trass siyosiy qatlam vakili sifatida unchalik ham mashhurlikka erishmagan, tarafkashlari yoki “heyterlari”ga ega bo‘lmagan soyadagi amaldor bo‘lgan. Bosh vazir bo‘lguncha ham uni asosiy aholi yaxshi tanimasdi.

    Avvaliga ikkita okrug saylovlarida nomzodini ilgari surib, ikkisida ham yutqazadi. Shundan so‘ng 2006-yilda Grinvich tumani kengashiga muvaffaqiyatli saylanib, o‘sha paytdagi bosh vazir Devid Kemeron jamoasi bilan parlamentga kirishga muvaffaq bo‘ladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Hukumat vakili sifatida 10 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan siyosatchi hech qaysi lavozimida uzoq vaqt ishlamadi. Avval ta’lim sohasida, so‘ng oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi ishlari bo'yicha davlat kotibi lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Sobiq bosh vazir Tereza Mey davrida u adliya vaziriga aylandi va bu orqali mamlakat tarixidagi bu lavozimni egallagan birinchi ayol siyosatchi bo‘ldi.

    2019-yilgi umumiy saylovlarda konservatorlar g‘alaba qozonganidan so‘ng, bosh vazir Boris Jonson Trassni Xalqaro savdo kotibi etib tayinladi. 2021-yilda esa u Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga rahbar bo‘ldi. Hukumat yuqorisiga chiqqunga qadar shu vazifani bajarib kelayotgandi.

    Nega Trassdan hamma, hatto partiyadoshlari ham iste’fo talab qildi?

    Hammasi dastlabki kunlardayoq boshlangan. U moliya vaziri Kvazi Kvarteng bilan birgalikda soliqlarni keskin kamaytirish va boshqa choralarni o‘z ichiga olgan, radikal islohotlarga boy iqtisodiy rivojlanish rejasini taqdim etdi. Reja bo‘yicha quyidagilar amalga oshirilishi kerak edi:
    • korporativ soliq kamaytiriladi;
    • bank bonuslari bo‘yicha cheklovlar olib tashlanadi;
    • daromad solig‘ining asosiy stavkasi 20 foizdan 19 foizga tushiriladi;
    • elektr energiyasi uchun to‘lovlar ikki yilga muzlatiladi;
    • yiliga 150 ming funt sterlingdan ortiq oylik maosh oladiganlar uchun daromad solig‘i stavkasi tugatiladi.
    Reja taqdim etilgach, mamlakat bozori quladi. Fond birjasida vahima boshlandi. Obligatsiya va aksiyalar tushib ketdi. Jamoatchilik noroziliklari avj oldi. Milliy valyuta — funt sterling AQSH dollariga nisbatan rekord darajada pasaydi. Shu sababli Trass moliya vazirini ishdan bo‘shatdi va o‘zining ko‘plab rejalaridan voz kechdi.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Shunga qaramay, Konservativ partiyaning bir qator deputatlari ochiqchasiga uning iste’fosini talab qildi. Daily Mail gazetasining yozishicha, 100 dan ortiq deputat ishonchsizlik votumi o‘tkazish tarafdori ekanini bildirgan. Bundan tashqari, uch nafar konservator deputat uni omma oldida bosh vazir lavozimini tark etishga chaqirdi.

    Avvaliga u deputatlarining chaqiriqlariga qaramay, iste’foga chiqishdan bosh tortdi. BBC telekanaliga bergan intervyusida u o‘z obro‘sini saqlab qolish uchun kurashishga tayyorligini hamda konservatorlarni navbatdagi parlament sayloviga olib chiqmoqchiligini ta’kidladi. Trass xonim xatolarini tan olishini aytib, uzr so‘radi.

    “Juda og‘ir davrlarni boshdan kechirmoqdamiz. Konservatorlar partiyasi haqida gapirib vaqt yo‘qotishimiz emas, aksincha, ishga kirishishimiz kerak. Bu mening hamkasblarimga murojaatim. Men milliy manfaatlar yo‘lida harakat qilish uchun o‘z lavozimimda qolaman” — degandi u intervyusida.

    Bosh vazir qarorlarini “milliy manfaatlar” bilan izohladi va o‘z hukumatining umumiy yo‘nalishini o‘zgartirmasligini bildirdi. Biroq e’tirozlar fonida biznes uchun foydadan olinadigan soliqni pasaytirishni bekor qildi.

    “Yangi Tetcher”ning kutilgan iste’fosi

    Trassning iqtisodiy dasturi nafaqat Angliyani, balki Xalqaro valyuta jamg‘armasi, xorijiy davlatlar, xususan, AQSHning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu orqali aholining Konservativ partiyaga bo‘lgan ishonchi yo‘qqa chiqdi va ularning keyingi, 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovlarda g‘alaba qozonish ehtimoli pasayib ketdi. So‘rovnomalar agar umumxalq saylovi hozirning o‘zida o‘tkazilsa, Liberal partiya mutloq ustunlikka erishishini ko‘rsatmoqda.

    Bu o‘rinda konservativlarning yagona ustun tomoni — vaqt. Partiya yangi yetakchi saylash va bu orqali 2025-yilgacha bo‘lgan muddatda yana xalq ishonchini qaytarib olishdan umidvor. Shu sabab Liz Trassga katta bosim uyushtirildi va oxir-oqibat bosh vazir baribir iste’foni qabul qilishga majbur bo‘ldi. U Britaniya bosh vaziri sifatida 21-asrda eng kam faoliyat yuritgan shaxs sifatida o‘ziga xos antirekord qayd etdi.

    Trass keyingi vazir aniqlanmaguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi. Bu boradagi saylovlar kelasi haftada bo‘lib o‘tadi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Bosh vazir xonim ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sababchi bo‘lmoqda, unga atab turli mem va fleshmoblar boshlangan. Hazillarning asosiy mavzusi sutcho‘p (latuk) salatining Trass ustidan ”g‘alaba qozongani” haqida.

    Gap shundaki, Daily Star nashri 14-oktabr kuni “Birinchi bo‘lib Trass iste’fo beradimi yoki salat bargi o‘z sifatini yo‘qotib, chirib qoladimi? Qaysi biri chidamliroq?” shaklida jonli efir uzatishni boshlagandi. Salat bargining yaroqlilik muddatiga mutanosib tarzda efir 35 kun davom etishi kerak edi. Ammo buncha ko‘p kutishning hojati qolmadi.

    Iste’fodan so‘ng Britaniya parlamenti devorida Trassdan ko‘ra uzoqroq “turib bergan” latuk salati surati aks ettirildi. Daily Star esa “Rasman, salat bargi bosh vazirdan ko‘proq chidab berdi va g‘alaba qozondi” deb yozdi.

    Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Liz Trassdan hukumat tomonidan sobiq bosh vazirlarga ajratiladigan umrining oxirigacha to‘lanadigan nafaqani olmaslik, undan voz kechishni talab qilyapti. Qonunchilikka ko‘ra, sobiq rahbarlarga beriladigan nafaqa miqdori yiliga 115 ming funt sterlingni tashkil etadi.

    “45 kunlik muvaffaqiyatsizlik uchun Liz Trass umrining oxirigacha nafaqa oladi? Bu qanday bema’nilik!”, — deb yozyapti ulardan biri.

    Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya hukumati tepasiga so‘nggi 6 yil ichida 4 nafar bosh vazir keldi. Trassdan avval Devid Kemeron, Tereza Mey hamda Boris Jonson ushbu lavozimni egallagan.

    Xo‘sh, keyingisi kim?

    Siyosatshunoslar mamlakatning navbatdagi bosh vaziri bo‘lishi kutilayotgan shaxslarni tanishtirib bormoqda. Unga ko‘ra, eng asosiy nomzod — Rishi Sunak, partiya saylovlarida Liz Trassga yutqazgan konservator.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bundan tashqari, quyidagi siyosatchilar bosh vazir o‘rindig‘ini egallashi mumkin:

    • moliya kansleri Jeremi Xant;
    • sobiq mudofaa vaziri Penni Mordaunt;
    • sobiq bosh vazir Boris Jonson.
    Saylovlarda qatnashishi kutilgan Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles esa ushbu kurashda qatnashmasligini, aksincha, Boris Jonson nomzodini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

    Keyingi bosh vazir 28-oktabrgacha e’lon qilinadi.

    Buyuk Britaniya siyosiy tuzumi, bosh vazirning vakolatlari haqida

    Ma’lumki, Buyuk Britaniyaning davlat tuzumi — konstitutsion monarxiya. Bunda qirol parlament ustidan nazorat o‘rnatadi. Parlament esa, o‘z navbatida, ikkita: Lordlar palatasi va Vakillar palatasidan iborat. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol yoki qirolicha boshqarsa, ijro hokimiyatini bosh vazir boshchiligidagi hukumat (Vazirlar Mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh vazirni esa, o‘z-o‘zidan, qirol tayinlaydi.

    Bosh vazir hukumat rahbari bo‘lib, barcha siyosiy qarorlar uchun javobgar bo‘ladi. U, shuningdek:

    • davlat xizmati va davlat organlari faoliyatini nazorat qiladi;
    • hukumat a’zolarini tayinlaydi;
    • Vakillar palatasining asosiy hukumat arbobi hisoblanadi.
    Bundan tashqari, bosh vazir — hukumat qarorlarini bajaruvchi odamlar va idoralar ustidan umumiy nazorat o‘rnatuvchi shaxs. U Buyuk Britaniyaning mudofaa va xavfsizligi bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qiladi. Masalan, bosh vazir Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlarini harakatga keltirish huquqiga ega. Lekin bu uchun parlament ham qarorni ma’qullashi kerak.

    Shuningdek, bosh vazir zimmasiga bir qator maxsus vazifalar yuklangan. Jumladan, o‘g‘irlab ketilgan yoki ma’lumotlarni ma’lum bo‘lmagan samolyotni urib tushirish to‘g‘risida qaror qabul qilish ham uning zimmasida. E’tiborlisi, u Buyuk Britaniyaning yadro qurolidan foydalanishga ruxsat berishi ham mumkin. Ritsarlik va xonimlik kabi unvonlar ham bosh vazir tomonidan beriladi.

    Bosh vazir, odatda, har hafta qirol bilan uchrashib, unga hukumat masalalari haqida ma’lumot beradi. Bu uchrashuvlar butunlay yopiq formatda o‘tkaziladi va unda aytilgan gaplar bo‘yicha hech qanday rasmiy ma’lumot bo‘lmaydi.

    Buyuk Britaniyada bosh vazir lavozimga muddatsiz davrga saylanadi. Belgilangan chegara yo‘q. Sabab shundaki, mamlakatda parlamentar monarxiya hukm suradi. Ya’ni, bosh vazir to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanmaydi. Eng ko‘p a’zosi deputat sifatida saylangan partiya rahbari bosh vazirga aylanadi. Mamlakatda ikkita: Konservativ va Liberal partiya mavjud. Shu ikki guruh yetakchilaridan biri hukumat tepasiga kelishi mumkin.

    Bosh vazir qachon lavozimidan ketadi?

    • u yetakchi bo‘lgan partiya deputatlari yangi rahbar tayinlasa;
    • partiya saylovda raqibiga yutqazib qo‘ysa;
    • bosh vazir o‘z xohishiga ko‘ra iste’fo bersa.

    Parlament majlislari

    Britaniya qonun chiqaruvchi organining ikkinchi nomi Vestminster bo‘lib, u ikkita katta bo‘limga bo‘lingan. Har bir palata mamlakatdagi turli partiyalardan (jami 11 ta) saylagan deputatlardan iborat. Ular Birlashgan Qirollik qonunchiligiga doir mavzularda majlislar o‘tkazib, tegishli qarorlarni qabul qiladi.

    Vestminster dunyodagi ilk parlament hisoblanib, tashkil topish sanasi 1215-yilga borib taqaladi. Shu sababli parlament majlislarida eski davrga oid har turli antiqa odatlar ham mavjud.

    Masalan, majlislar zalida har bir deputatga atab nomli qoziqlar ilingan. Unga paltoni, chetroqqa esa qilishni osib qo‘yish mumkin. Ammo hozir ulardan deyarli foydalanilmaydi.

    Foto: A.R. Coster / Stringer

    Foto: A.R. Coster / Stringer

    Binolar ancha avval qurilgani bois majlislar zalida 427 dona o‘rindiq mavjud. Ammo Vakillar palatasi deputatlari ayni paytda 650 nafardan ortib ketgan. Shu sabab ayrim bahsli mavzudagi majlislarda palata a’zolari tik turgan holda qatnashishlariga to‘g‘ri keladi.

    Foto: PA

    Foto: PA

    Parlament palatalaridagi sessiyalarda narigi palatani tilga olish mumkin emas. Bu ham bir necha yuz yillar avvalgi hodisalarga borib taqaladi. Gap shundaki, oldinlari ikki palata o‘rtasida qonli to‘qnashuv bo‘lgan va dushmanlik kayfiyati yuqori edi. Shu sababli hali hanuz Lordlar palatasida Vakillar palatasini “boshqa joy” deb tilga olishadi.

    Bundan tashqari, majlislar bahs-munozaralarga juda boy, an’anaga mos tarzda boshqaning nutqini kesish, to‘xtatish usulida bo‘lib o‘tardi. Buning oqibatida turli janjallar, noroziliklar kuchayib, parlament juda shovqinli joyga aylanib qoldi. Oxir-oqibat yechim o‘ylab topildi: ki qachon gapirishini spiker hal qiladi. So‘zlayotgan deputatga shovqinsiz tarzda eshitilish huquqi berildi. Agar parlament a’zosi nutq so‘zlayotganda boshqa bir deputat ovoz chiqarsa, spiker undan majlisni tark etishni talab qiladi.

    Deyarli har bir majlis ishtirokchilarning hissiyotli chiqishlari, munozaralari bilan o‘tadi.

    23.10.2022, 14:32   Izoh (0)   17296
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?

    23.10.2022, 13:26

    Toshkentda yomg‘ir sabab yerusti yo‘nalishlarida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi

    23.10.2022, 11:44

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy yetakchisi Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

    23.10.2022, 11:17

    Toshkentdagi omborxonalarning birida yong‘in yuz berdi

    23.10.2022, 10:15

    Surxondaryoda hamshira ayol farzandi oldida kaltaklandi (video)

    23.10.2022, 09:38

    “O‘zarxiv” agentligi tomonidan yilning 9 oyida salkam 30 mln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi

    23.10.2022, 08:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.