UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Ukrainaning JCH—2030 mezbonligi uchun Ispaniya va Portugaliya bilan birgalikda ariza topshirgani haqida gapirdi.
“Ukraina boshqa davlatlar kabi o‘z hissasini qo‘shadi. Nechta o‘yin va ular qaysi stadionlarda bo‘lishi hozircha aniqlanmagan, biroq ularning kiritilishi ramziy ma’noda qiziq”, — deydi Cheferin.
Avvalroq Ukrainaning 2030-yilgi mundial mezbonlari qatoriga qo‘shilishi belgilangan yo‘l xaritasini o‘zgartirmasligi haqida xabar berilgandi. Ispaniyaning 11 ta, Portugaliyaning esa 3 ta stadionida o‘yinlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilgi Jahon Chempionati Qatarda, 20-noyabrdan 18-dekabrga qadar davom etadi. Qatar o‘z tarixida birinchi marta mundialni qabul qilmoqda. Undan tashqari futbol bo‘yicha Jahon Chempionati ilk bor Yaqin Sharqda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)