“Manchester Yunayted” Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani buzmaydi.
Manchesterliklar 37 yoshli futbolchini shartnomasi yakuniga qadar jamoada olib qolmoqchi, deya xabar beradi Sky Sport.
Avvalroq Ronaldu mankunianliklar bilan shartnomani bekor qilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenhem”ga qarshi bahsda zaxirada qoldirilgan Ronaldu uchrashuv yakunlanmasidan kiyinish xonasiga ravona bo‘lgan.
“Manchester Yunayted” ustozi Erik ten Hag futbolchini jamoaviy mashg‘ulotlardan ma’lum muddatga chetlatgan va “Chelsi”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmagan.
37 yoshli hujumchi joriy mavsum APLda 8 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylandi.
Izoh (0)