Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,58 so‘mga pastlab, 11 136,41 so‘mni tashkil qildi. Yevro 51,33 so‘mga tushib, 10 894,75 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,35 so‘mga pastlab, 180,71 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi yetti kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 11 148,99 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro ham tushib, rubl oshgandi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket uch oy kamaydi. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?
Izoh (0)