Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropaning 19 mamlakatida yillik inflyatsiya avgust oyidagi 9,1 foizdan sentabr oyida rekord darajadagi 9,9 foizga tezlashdi.
Yevropa Ittifoqida (YI) yillik inflyatsiya avgust oyidagi 10,1 foizga nisbatan o‘tgan oyda 10,9 foizni tashkil etdi.
Avgust oyi bilan solishtirganda, YIning oltita davlatida yillik inflyatsiya pasaygan, bir davlatda barqaror saqlanib qolgan va 20 mamlakatda o‘sgan.
Eng yuqori inflyatsiya Estoniya (24,1 foiz), Litvada (22,5 foiz) va Latviyada (22 foiz) qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkichlar Fransiya (6,2 foiz), Malta (7,4 foiz) va Finlyandiyada (8,4 foiz) bo‘lmoqda.
Energiya resurslari 2021-yil sentabriga nisbatan 40,7 foizga oshgan. Oziq-ovqat mahsulotlari, alkogol va tamaki mahsulotlari 11,8 foizga (avgust oyida 10,6 foizga o‘sish kuzatilgan), xizmatlar 4,3 foizga (avgust oyida + 3,8 foizni tashkil etgan), noenergetika mahsulotlari 5,5 foizga qimmatlashgan.
Yevropada inflyatsiya bo‘yicha avvalgi rekord avgust oyida (9,1 foiz) o‘rnatilgan edi. Tahlilchilar bu ko‘rsatkich joriy yilning oxirigacha o‘sishda davom etishini taxmin qilmoqdalar.
S&P Global Yevropada retsessiyani bashorat qilmoqda. Xalqaro valyuta fondi hisob-kitoblariga ko‘ra, global inflyatsiya 2022-yilda 9,5 foizga cho‘zilib, 2024-yilga borib 4,1 foizga sekinlashadi.
Izoh (0)