• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Demokratik davlat” qurmoqchi bo‘lgan Mozambik prezidentining halokati va “Ruhnoma”ni uch marta o‘qish orqali “jannatni va’da qilgan” Saparmurat Niyozov. Kun xronologiyasida 19-oktabr

    19-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan “Ruhnoma”ni uch marta o‘qigan turkman xalqiga “to‘g‘ridan to‘g‘ri jannatni va’da qilgan” Saparmurat Niyozov va qoyaga urilgan Mozambik prezidentining samolyotiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Turkman ahliga “jannatni va’da qilgan” Saparmurat Niyozov

    2002-yilning shu kunida Turkmaniston sobiq prezidenti Saparmurat Niyozovning “Ruhnoma” kitobining bir yilligi nishonlangan edi. 2006-yilda vafot etgan prezident o‘ziga xos islohotlar va yechimlar bilan yodda qolgan. Kitobni o‘rganish o‘rta maktablarda 2013-yilda, Turkmaniston OTMlarida esa 2014-yildan boshlab bekor qilingan edi.

    Niyozovni butun mamlakat bo‘ylab oltin haykallarini o‘rnattirgan, baletni, tilla tish, soqol va mo‘ylov qo‘yishni taqiqlagan, vazirlarni poytaxtdagi maxsus 28-kilometrli yo‘lakda yugurishga majbur qilgan shaxs sifatida ko‘pchilik eslaydi. 21 yil prezidentlik qilgan Niyozov sharafiga, shuningdek, uning ota-onalari nomida shahar va tumanlar, qishloqlar, korxonalar, ko‘cha va maktablar nomlangan. Uning haykallari, byustlari va portretlari minglab maydon va binolarni bezab kelgan.

    Niyozovning ikki tomli “Ruhnoma” asari turkmanlar uchun asosiy axloq kodeksiga aylangan. 2001-yilda Turkmanboshi o‘z xalqi uchun asosiy kitobni yozganini e’lon qilgan. Turmanlarning ruhiy rivojlanish dasturini o‘z ichiga olgan “Ruhnoma”ni yaratish g‘oyasi Niyozovga 1998-yilda kelgan. Uning fikricha, u “inson xulq-atvori nizomi, turkman jamiyatining qonun-qoidalari va yo‘riqnomalari to‘plami”ga aylanishi kerak edi. “Ruhnoma” kitobining asosiy vazifasi “ma’naviy taraqqiyot yo‘nalishi, unutilgan urf-odat va an’analarni tiklash” bo‘lgan.

    Kitob boshqa o‘nlab xorij tillariga, xususan, kamyob, zulu tiliga tarjima qilingan, shuningdek, ovozli variantda taqdim etilgan. Bundan tashqari, asar ko‘zi ojizlar uchun maxsus shriftlarda chiqarilgan.

    Kitob sharafiga Turkmanistonda sentabr oyi “Ruhnoma” nomiga o‘zgartirilgan, hafta kunlaridan biri — shanba esa “ruhkun” deb atalgan. Bu kunda mamlakatning barcha aholisi o‘z rahnamolarining kitobini o‘qishi, kino, teatrga borishi, ma’naviy jihatdan yaxshilanishi kerak bo‘lgan. Bundan tashqari, 2005-yilda parlament qarori bilan Turkmanistonda “Ruhnoma” yili deb e’lon qilingan.

    Saparmurat Niyozov va Islom Karimov

    Saparmurat Niyozov va Islom Karimov
    Foto: “O‘zarxiv”

    Turkmanboshining ishi maktablar va OTMlarda alohida fan sifatida o‘tilgan, kitobdagi ma’lumotlardan Turkmanistondagi barcha tashkilotlarda mutaxassislik imtihoni olingan va hatto haydovchilik guvohnomasini olishda ham undan imtihon topshirilgan.

    “‘Ruhnoma’ning birinchi kitobini yozib tugatganimda, Allohdan uni uyida ovoz chiqarib uch marta o‘qigan inson ajali yetganida to‘g‘ridan to‘g‘ri jannatga tushishini so‘raganman. ‘Ruhnoma’ni uch marta o‘qigan insonning aqliy salohiyati oshadi, tabiatni, qonunlar, insoniy qadriyatlarni tushunadi”, — degan Niyozov.

    Shuningdek, Niyozov mamlakatda muxolifatni to‘liq yo‘qotgan. Uning boshqaruv vaqtida yuzga yaqin bosh vazir o‘rinbosarlari va viloyat rahbarlari, yana yuzdan ortiq boshqa yuqori martabali amaldorlar hibsga olingan.

    Davlat rahbari Turkmanistonning sahroli hududlariga pingvinlarni “ko‘chirib kelish” bo‘yicha o‘ziga xos qaror qabul qilgan. Niyozov harorat 40 darajaga yetadigan joyda quriladigan hayvonot bog‘iga 18 million dollar ajratish niyatida ekanini ma’lum qilgan. U hayvonot bog‘ida pingvinlar bo‘lishi majburiy ekanini aytgan. Dunyodagi eng issiq davlatlardan birida bolalar yil davomida konki va xokkey o‘ynashi uchun muz saroyi qurilgan.

    Foto: Wikipedia

    Turkmaniston Xalq Kengashi Turkmanboshi mamlakatni umrining oxirigacha boshqarishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Butun mamlakat bo‘ylab Niyozovning oltin haykallari o‘rnatilgan, ular orasida Ashxoboddagi aylanib turadigan ulkan haykal ajralib turgan. Niyozovning tasviri aroq va konyak idishlariga, pul kupyuralariga tushirilgan.

    Rasman Turkmanboshi nomiga “Buyuk” ham qo‘shilgan Niyozovning o‘zi maqtovlardan uyalishini ta’kidlagan. 2003-yilda telejurnalistlar uchun “Turkmanboshini kim kamroq maqtaydi” nomi ostida tanlov e’lon qilgan.

    Saparmurat Niyozovning noodatiy qarorlari orasida vazirlarga ko‘p kilometrli yugurish topshirig‘ini qo‘yganidir. Bundan tashqari, u yoshlarga uzun soch, soqol va mo‘ylov qo‘yish, avtomobillardagi magnitofonlarni yoqishni taqiqlagan, balet, opera, sirk va Xalq raqsi bo‘yicha milliy ansamblni taqiqlagan, oxirgi 10 yilda olingan xorij OTMlarning diplomlarini haqiqiy emas deb topgan.

    Turkmanboshi hatto tilla tish qo‘yishni taqiqlagan. Niyozov Qishloq xo‘jaligi instituti talabalari bilan uchrashuvda 1-bosqich talabasining tilla koronkasi borligini ko‘rib qolgan. Talabaning nutqini bo‘lgan Turkmanboshi unga nima sababdan yosh va chiroyli bo‘laturib tilla tish qo‘yib olganini so‘ragan. “Yoshlarning tishlari itniki kabi suyakni g‘ajiy olishi uchun mustahkam va sog‘lom bo‘lishi kerak”, — deydi Turkmanboshi.

    Foto: Wikipedia

    Ertasi kuni ta’lim vaziri, OTMlarning rektorlari ko‘rsatmasiga binoan barcha talabalar tilla tishlarini oldirish uchun stomatologik klinikalarga yuborilgan.

    “Bu avariya emas, qo‘poruvchilik ekaniga ishonchim komil”

    Bundan 36 yil oldin JAR tog‘larida ichida Mozambik prezidenti Samora Mashel bo‘lgan “Tu-134” samolyoti halokatga uchragandi. Hozirga qadar ko‘plab insonlar mazkur fojia qasddan uyushtirilgan deb hisoblaydi.

    Foto: Timeslive

    Samora Mozes Mashel 1933-yilning 29-sentabr kuni dehqon oilasida dunyoga kelgan. U katoliklar maktabida to‘rtta sinfni tamomlab, portugal tili va madaniyatini o‘rgangan. 1954-yilda Mashel medbrat mutaxassisligini o‘rgangan, ammo moliyaviy qiyinchiliklari bois o‘qishni tugata olmagan va shifoxonada ishga kirgan. Oxir-oqibat u tibbiyot yo‘nalishida karyera qila olmagan — 1963-yilda Mashel Tanzaniyaga yo‘l olib, Mozambikni ozod etish milliy frontiga borib qo‘shilgan.

    1966-yilda tashkilot kotibiga, 1970-yilda esa rahbariga aylangan. 1975-yilda Mashel “Mozambikning to‘liq mustaqilligi va uning konstitutsiyasini” va’da qilgan holda prezidentlik lavozimini egallagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mozambik “demokratik davlat”ga aylanishi kerak edi.

    Mashel Marks-Lenin g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan va oq tanli ko‘chmanchilarning mamlakatdan chiqib ketishini rag‘batlantirgan. Mamlakatdagi hammayam bu siyosatdan xursand bo‘lmagan: 1976-yilda Mozambik milliy qarshiligi tashkiloti shakllantirilgan bo‘lib, u sotsializm tarafdori bo‘lgan Mashelga qarshi chiqqan. Bu 1984-yilga kelib Mozambikning barcha viloyatlarini qamrab olgan va 1992-yilgacha davom etgan fuqarolar urushining boshlanish nuqtasi edi.

    1986-yilning 19-oktabr kuni Mashel Janubiy Afrika hukumati bilan aparteid (irqiy ajratishning rasmiy siyosati) bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazib, Lusakaga qaytayotgan bo‘lgan. U o‘nlab amaldorlar va to‘qqizta ekipaj a’zosi bilan parvoz qilgan.

    “Tu-134” ekipaji Mozambikda uch yil ishlagan: ular SSSR aviaekspert va Mozambik Harbiy-havo kuchlari o‘rtasidagi shartnomaga asosan “Aeroflot” tomonidan yuborilgan. Ular mahalliy aeroportga 65 ta qo‘nishni amalga oshirgan bo‘lib, uchdan ikki qismi tungi vaqt hisobiga to‘g‘ri kelgan.

    Foto: Timeslive

    Soat 18:46 da samolyot Maputu aeroportining dispetcherlik markazi bilan aloqaga chiqqan. Bortradist Kurla radiomayog‘i yonidan o‘tayotgani, pastlashga tayyorligini ma’lum qilgan. Soat 19:10 da radionavigatsion tizimni yuborgan shturman yo‘nalishni o‘zgartirgan. Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, qo‘nish haqida xabar beruvchi tizim o‘chib qolgan. Yerga xavfli yaqinlashish tizimi ishga tushib ketganiga qaramay, kurs yo‘nalishini o‘zgartirmagan.

    Mahalliy vaqt bilan soat 21:21 da samolyot qoyaga borib urilgan. Havo kemasida bo‘lgan 44 kishining 34 nafari halok bo‘lgan. Bu Mozambik tarixidagi eng yirik aviahalokat hisoblanadi. JAR hukumati halokat ekipaj aybi bilan sodir bo‘lgan degan xulosaga kelgan — ular parvozni qurilmalar paneli o‘rniga, vizual ko‘rish orqali qalin bulutlar holatida qorong‘ida qo‘nmoqchi bo‘lgan. Parvoz trayektoriyasi ekipaj navigatsiya qurilmasini boshqa mayoqqa qarab sozlagani sabab xato bo‘lgan. Hatto ekipaj a’zolarining qonida alkogol bo‘lganiga oid versiya ham ilgari surilgan, ammo keyinroq tashqi ishlar vaziri R.Bota bu mahalliy aviaekspertlar tomonidan o‘ylab topilganini tan olgan.

    Albatta, mazkur versiya tanqidlarga uchragan. SSSR ekipaj xato qilish mumkin emasligini, samolyot qo‘poruvchilik harakati natijasida kursni o‘zgartirganini iddao qilgan. Holatni tekshirish bo‘yicha tuzilgan maxsus komissiya ekspertiza o‘tkazib, samolyotning barcha qurilmalari soz holatda va ob-havo parvoz uchun qulay bo‘lganini aniqlagan. Ekipaj a’zolari orasida yagona omon qolgan bortmexanik Vladimir Novoselsov fojia haqida shunday degandi: “Bu avariya emas, qo‘poruvchilik harakati ekaniga ishonchim komil. Janubiy afrikaliklar uni oldindan rejalashtirgan. Prezident Samora Mashel ularga xalaqit qilayotgandi”.

    Bundan tashqari, tergov materiallari butun parvoz davomida ekipaj adekvat holatda bo‘lgani, vaziyatni to‘liq nazorat ostida ushlagani va Maputu aeroporti dispetcheri bilan aloqani aniq olib borgani tasdiqlagan.

    Foto: Timeslive

    Bortdagi “qora quti” yozuvlarida aniqlangan birgina jumla halokatga oydinlik kiritgan. “VOR u yerga ko‘rsatyapti”, degan shturman komandirga.

    VOR — ko‘p yo‘nalishli radiomayoq bo‘lib, samolyotning navigatsion qurilmasi aynan undan ma’lumot olgan. Elektron bloklarning laboratoriya tadqiqotlari qurilmalar soz holatda bo‘lganini ko‘rsatgan — u Maputu aeroporti mayog‘i chastotasiga to‘g‘rilangan. Aftidan, shu yo‘nalish orqali ancha kuchli mayoq yordamida xato yo‘nalish bo‘yicha ma’lumot uzatilgan va bu samolyot yo‘nalishining o‘zgarishi hamda halokatga sababchi bo‘lgan.

    “Tu-134” ortidan 50 daqiqa farq bilan Mozambikning Boeing-737-200 samolyoti uchayotgan bo‘lgan. U ham yo‘nalishdan adashib, halokat sodir bo‘lgan tomon harakatlangan. Ekipaj a’zolarining aytishicha, ular navigatsion qurilmaning ko‘rsatmalariga aniq ishongan va shu bo‘yicha parvoz qilgan. Qo‘nish vaqtida kelib Maputu aeroporti yopilganining e’lon qilinishicha, uni halokatda qutqarib qolgan — samolyot uchgan joyiga qaytib qo‘nishga majbur bo‘lgan.

    Janubiy afrikalik jurnalist Jak Du-Pri mustaqil ravishda halokat sabablarini o‘zgarishga qaror qilgan. U mahalliy dehqonlar bilan muloqot qilganida, aholi samolyot urilgan tog‘da harbiylarning palatkasini ko‘rganini aytgan. Halokatning ertasi kuni esa palatka yo‘q bo‘lgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Stalinning superjosusi — Rixerd Zorgening qo‘lga olinishi, Benazir Bxuttoga qarshi uyushtirilgan terakt va desantchilar samolyotining halokati. Kun xronologiyasida 18-oktabr

    19.10.2022, 09:30   Izoh (0)   56991
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xerson rahbari aholini Dneprning chap qirg‘og‘iga evakuatsiya qilish haqida ma’lum qildi

    18.10.2022, 23:52

    Bryansk va Kurskdagi bir nechta qishloq o‘qqa tutildi

    18.10.2022, 23:10

    Anqara: Putin va Zelenskiyni uchrashtirishning hozircha hech qanday imkoni yo‘q

    18.10.2022, 22:46

    “Rossiyaning G‘arbdagi sobiq diplomatik aloqalarini saqlab qolish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi” — Lavrov

    18.10.2022, 21:58

    Musobaqada hijobsiz ishtirok etgan eronlik sportchi uzr so‘rab chiqdi

    18.10.2022, 21:22

    Rossiyalik kosmonavt Oleg Artemyev piyodalar o‘tish joyida odam urib yubordi

    18.10.2022, 21:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    G‘azoda 30 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 19 iyun, 09:04

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Al-Hilol” bilan durang o‘ynadi, “Yuventus” “Al-Ayn” darvozasiga 5 ta gol urdi (video)

    Sport | 19 iyun, 08:52

    Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan pora olgan maktab direktori o‘rinbosari ushlandi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 08:39

    Tramp Eronga hujum rejasini tasdiqladi, biroq yakuniy buyruqni bermadi — WSJ

    Dunyo | 19 iyun, 08:31

    Dunyodagi 2025-yilda yashash uchun eng qulay shahar ma’lum qilindi

    Dunyo | 19 iyun, 07:30

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.