Anneksiya qilingan Xerson viloyati rahbari Vladimir Saldo to‘rt munitsipalitet – Berislavskiy, Belozerskiy, Snigirevskiy va Aleksandrovskiyning tinch aholisi Dneprning chap qirg‘og‘iga “uyushgan holda ko‘chirilganini” e’lon qildi, deb yozadi Meduza.
Saldo bu qarorini Ukraina “katta ko‘lamli hujum uchun kuch to‘playotgani” va “Kaxovskaya gidroelektr to‘g‘oni vayron qilinsa, hududlarni suv bosish xavfi” mavjudligi bilan izohladi.
Shu bilan birga, Saldo “vahimachilarga quloq solmaslikka” chaqirdi va “Xerson viloyati Rossiya armiyasining ishonchli himoyasi ostida qolishini” aytdi.
Saldo Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Xerson shahrining evakuatsiya qilinishi haqida esa aytmadi.
Izoh (0)