Bahraynning Manama shahrida 6—16-oktabr kuni og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa qit’aning 30 mamlakatidan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 3 ta kumush va 10 ta bronza, jamoa 19 ta medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, erkaklar 6 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Terma jamoa a’zolari qisqa hordiqdan so‘ng so‘ng joriy yilning dekabr oyida Kolumbiyaning Bogota shahrida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)