Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
2022-yil 12-oktabr holatiga ko‘ra:
- Suyakli mol go‘shti (1 kg) 49 500–78 000 so‘m;
- Qo‘y go‘shti (1 kg) 58 000–91 000 so‘m;
- Kartoshka (1 kg) 2500–6000 so‘m;
- Piyoz (1 kg) 1500–5000 so‘m;
- Sabzi (1 kg) 1 500–5 000 so‘m;
- Tuxum (10 dona) 8500–15 000 so‘m;
- Guruch (1 kg) 5000–25 000 so‘m;
- O‘simlik yog‘i (1 l) 16 000–30 000 so‘m;
- Shakar (1 kg) 12 000–17 000 so‘m.
Avvalgi haftadagi narxlar bilan solishtirganda oziq-ovqatlar narxlarida o‘zgarish kuzatilmagan.
Izoh (0)