• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Hamma butunlay umidsizlikka tushgan. Kayfiyat juda yomon”. Rossiyalik mansabdorlar va biznesmenlar hokimiyat almashishini kutmoqda

    Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukraina bo‘ylab yoppasiga raketa zarbalari berilishi fonida rossiyalik mansabdorlar va biznes vakillarining bir qismi “tushkunlikka tushgan va g‘amgin kayfiyatda”, ular mamlakatda iqtisodiy va siyosiy vaziyat yomonlashishini kutmoqda. Bu haqda “Rossiya elitasi”ning yuqori mansabli vakillari anonimlik sharti bilan The Washington Post gazetasiga ma’lum qilgan.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan amalga oshirilgan va Rossiya armiyasining muvaffaqiyatsizliklari yuzasidan tanqidlarni bostirishga qaratilgan Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirish ta’siri vaqtinchalik bo‘ladi, dedi bir nechta mansabdor va tadbirkorlar.

    “Jang maydonida boshqa muammolar ham bor. Bu (Ukrainaning muhim infratuzilmasiga zarbalar) bosim og‘irligini o‘ziga oladi, deb o‘ylamayman”, — dedi moskvalik nufuzli biznesmenlardan biri.

    The Washington Post suhbatdoshlari so‘zlariga ko‘ra, agar zarbalar orqali Ukraina energiya tizimiga zarar yetkazishga muvaffaq bo‘linsa va jangovar harakatlar qishga cho‘zilsa ham, o‘qqa tutishlarni davom ettirish uchun Rossiyaga raketalar yetmay qolishi mumkin. Mansabdorlardan biri ma’lum qilishicha, raketalar ishlab chiqarilmoqda, biroq zaxiralar tugab bitish arafasida turibdi, yangilari esa sanoqli miqdorda chiqarilmoqda.

    “Status-kvo (hozirgi vaziyat) hech kimni qoniqtirmayapti. Harbiy yoki siyosiy g‘alaba ilojsiz ekanligi tushunarli. Ammo mag‘lubiyat ham imkonsiz. Bu xuddi shaxmat o‘yinidagi kabi sugsvangga aylanmoqda — har bitta qadam avvalgisidan yomonlashib bormoqda, biroq hech narsa qilib bo‘lmaydi”, — dedi amaldorlardan biri gazetaga.

    Yoz oylaridagi optimizm butunlay yo‘qoldi, o‘shanda Rossiya elitasidagi ko‘pchilik mamlakat vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirib, chiqish yo‘lini topishiga ishongan edi, dedi hukumatdagi yana bir manba. “Odamlar ko‘ryaptiki, ularning kelajagi yo‘q”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

    Moskvalik biznesmenning aytishicha, majburiy safarbarlik Putinning ommabopligiga putur yetkazib bo‘lgan, bu esa uning prezident lavozimidagi legitimligi bosh tayanchlaridan biri edi. Uning fikricha, frontdan safarbar qilinganlarning jasadlari kela boshlagach, vaziyat yanada yomonlashadi.

    “Putinning ehtimoliy xatti-harakatlari arsenali juda cheklangan. Fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar berishdan tashqari, u faqat taktik yadro qurolini qo‘llashi mumkin. Agar Ukrainaning qarshi hujumi davom etsa, endi nima qilish kerak, degan savol yana Putinning qarshisiga chiqadi”, — dedi Rossiya moliya vaziri sobiq o‘rinbosari, hozirda AQSHda yashayotgan Sergey Aleksashenko.

    Biroq Kremlning tahdidlariga qaramay, Putin Ukrainada yadro qurolini qo‘llashiga Moskvada ko‘pchilik ishonmaydi, dedi moskvalik biznesmen. Uning fikricha, shunday bo‘lgan taqdirda, Rossiya prezidentining qo‘lida so‘nggi chora qolmaydi, Xitoy esa vaziyatning bunday keskinlashuviga to‘sqinlik qilishi mumkin.

    Biznesmenning taxmin qilishicha, Saudiya Arabistoni tomonidan neft qazib chiqarishni qisqartirish tashabbusining qo‘llab-quvvatlanishi Rossiya prezidentiga ishonch bag‘ishlagan, u Yevropada ichki inqiroz yuzaga kelsa, ularning “Ukraina bilan ishi bo‘lmay qoladi”, deb o‘ylamoqda.

    Iqtisodchilar va biznes vakillari aytishicha, sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga tobora kuchliroq zarba bermoqda, “Katta yettilik” mamlakatlari tomonidan dekabrda Rossiya nefti narxiga kiritiladigan cheklovlar esa yangi zarbaga aylanadi. Urushni davom ettirish uchun Putinga pul kerak, dedi Parijning Sciences Po instituti prorektori, iqtisodchi Sergey Guriyev. “Unga Eron va Shimoliy Koreyadan olayotgan qurol pulini to‘lash uchun mablag‘ kerak. Biroq dekabrda biz butunlay yangi voqelikka guvoh bo‘lamiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

    Sanksiyalar kuchaytirilishini kutish fonida frontdan kelayotgan har bitta xabar Rossiya iqtisodiyoti uchun zarbaga aylanmoqda, dedi moskvalik biznesmenlardan yana biri. “Butun biznes yuz berayotgan voqealardan jabr ko‘rmoqda. Hamma o‘z investitsiyaviy rejalarini to‘xtatib qo‘ydi”, — dedi tadbirkor.

    Yana ikki nafar rossiyalik biznesmen gapirib berishicha, Rossiya savdo oqimlarini G‘arbdan Xitoy, Qozog‘iston va Hindistonga qayta yo‘naltira olishiga bo‘lgan ishonch tez so‘nib bitgan. Qozog‘iston Rossiyaga qarab ketayotgan Yevropa tovarlaridan iborat yuklarni bloklashni, Xitoy esa ba’zi yetkazmalarni to‘xtatishni boshladi. “Hamma butunlay umidsizlikka tushgan. Kayfiyat juda yomon”, — deya qo‘shimcha qildi yana bir rossiyalik biznesmen.

    The Washington Post qayd etishicha, Moskva elitasi vakillari mamlakat rahbariyati o‘zgarishi ehtimoli haqida shunday gapira boshlashganki, Putinning 20 yildan ortiq davom etgan hukmronligi davrida shu paytgacha bunday vaziyat kuzatilmagandi. Ammo ulardan hech biri bu qanday va qachon yuz berishi mumkinligini ayta olmaydi.

    “Biz inqilobiy vaziyatga kirishni boshladik, — dedi mansabdorlardan biri nashrga. — Hamma nimadir — hokimiyat yoki urush — o‘zgarishini kutyapti. ‘Qirg‘iylar’ yanada shafqatsizroq harakatlarni istayapti, ‘kaptarlar’ umuman hech qanaqa urushni xohlamayapti. Siyosiy tizim almashadigan fursat pishib yetilmoqda. Lekin bu qanday yuz berishini men bilmayman”.

    Mavzuga doir:

    • G‘arb Ukrainaning kelasi hafta Xersonni qaytarib olishiga ishonmoqda
    • Yevropa kengashi parlament assambleyasi Rossiya terrorchi davlat deb atalgan rezolyutsiyani tasdiqladi
    • “Ukraina de-fakto NATOga qo‘shildi” — Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov

    14.10.2022, 11:24   Izoh (0)   21001
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ilon Mask Ukrainaga Starlink yetkazib berishni ortiq moliyalashtira olmaydi. SpaceX Pentagondan buni zimmasiga olishni so‘ragan

    14.10.2022, 11:00

    Qirg‘iziston Turkiyadan yangi Bayraktar jangovar dronlarini qabul qilib oldi (foto)

    14.10.2022, 09:59

    Janubiy Koreya raketa parvozlariga javoban, Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

    14.10.2022, 09:32

    Karib inqirozining boshlanishi, Sherlok Holms qahramonining paydo bo‘lish tarixi va Martin Lyuter Kingning Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilishi. Kun xronologiyasida 1...

    14.10.2022, 09:30

    Belarusda aksilterrorchilik operatsiyasi rejimi joriy etildi

    14.10.2022, 09:14

    G‘arb Ukrainaning kelasi hafta Xersonni qaytarib olishiga ishonmoqda

    13.10.2022, 23:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:15

    Chinozdagi dehqon bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:00

    NASA’ning “o‘lik” sun’iy yo‘ldoshi 60 yildan so‘ng birinchi marta signal yubordi

    Dunyo | 24 iyun, 22:38

    London politsiyasi Florensiyada yasalgan 285 yillik skripkani qidirmoqda

    Dunyo | 24 iyun, 22:21

    “Ukrainani Yevropa Ittifoqi va NATOga qabul qilish mumkin emas” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 24 iyun, 22:05

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari rafiqalari bilan birga qo‘shma konsertda ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 21:51

    O‘zbekistonda besh oyda qancha fuqaro ovqatdan zaharlangani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 21:45

    O‘zbekiston Kubogi. “Mashʼal” mehmonda “Neftchi”ni mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 24 iyun, 21:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.