• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy sud to‘rt yil sarson yurgan Sirdaryo viloyati Moliya boshqarmasining sobiq rahbarini ishga qayta tikladi

    Sirdaryo viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab, nohaq sudlanib keyin oqlangan Abdurauf Tojiyev o‘z lavozimiga qayta tiklandi. Bu haqda huquqshunos Saidali Muxtoraliyev “Daryo”ga ma’lum qilmoqda.

    Saidali Muxtoraliyev va Abdurauf Tojiyev

    Saidali Muxtoraliyev va Abdurauf Tojiyev
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Ma’lum bo‘lishicha, Abdurauf Tojiyev Sirdaryo viloyati hokimligi Moliya boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan. U sudlangan, keyinchalik 4 yil avval sud tomonidan to‘liq aybsiz deb topilib, oqlangan. Oqlanganidan so‘ng, u kishi o‘z ishiga tiklanish uchun sudga da’vo kiritgan va fuqarolik sudi uni o‘z ishiga tiklash haqida qaror chiqargan.

    Ish beruvchi apellyatsiya shikoyati bergan, apellyatsiya sudi ham xodimni haq degan qarorga kelgan. Biroq ish beruvchi oradan 1 yil o‘tsa ham xodimni o‘z ishiga tiklamagan. Uning ta’siri katta bo‘lgani uchunmi, keyinchalik Oliy sud kassatsiya hay’ati quyi sudlarning qarorlarini o‘zgartirib, xodimni “avvalgi ishiga teng bo‘lgan lavozimiga tiklash haqida” qaror chiqargan. Ammo xodimni o‘z ishiga ham tiklashmagan, teng lavozimga ham qo‘yishmagan.

    Huquqshunos, Saidali Muxtoraliyevning ta’kidlashicha, o‘shanda Oliy sud kassatsiya hay’ati mutlaqo noqonuniy qarorga kelgan, ya’ni xodim aynan o‘zining lavozimiga tiklanishi shart edi, boshqa lavozimga emas:

    Qonunchilikda teng lavozimga tiklash haqida faqat ikkita qoida bor: birinchisi, Jinoyat protsessual koleksining 310-moddasi, ikkinchisi esa Mehnat kodeksining 271-moddasi. Ikkala modda bo‘yicha nohaq sudlangan xodimni ishga tiklashda qachonki, korxona tugatilgan bo‘lsa, xodimning ish o‘rni qisqartirilgan bo‘lsa va keyingisi, uni aynan o‘z lavozimiga tiklashga mone’lik qiladigan qonunda nazarda tutilgan aniq asoslar bo‘lsagina, xodimni lavozimiga teng bo‘lgan boshqa lavozimga tiklash mumkin. Lekin Abdurauf Tojiyevning ishida ana shu 3 ta holatning birortasi ham bo‘lmagan, ya’ni uni o‘zining ishi qolib, boshqa lavozimga tiklash uchun hech qanday asos, shu jumladan, o‘z ishiga tiklashga to‘sqinlik qiladigan biror-bir qonunda ko‘rsatilgan asos yo‘q edi.

    Oliy sud kassatsiya hay’ati bu masalaga umuman e’tibor qaratmagan va “teng lavozimga tiklansin” deb qaror chiqargan. Qiziq jihati, Fuqarolik protsessual kodeksining 405-moddasiga asosan javobgar ish beruvchi ishga tiklashga doir birinchi instansiya sudi qarori ustidan kassatsiya shikoyati berish uchun o‘sha birinchi sudining hal qiluv qarorini ijro qilib, ya’ni xodimni ishga tiklab, uning tiklanganligi haqidagi buyruq nusxasini kassatsiya shikoyatiga ilova qilishi shart. Aks holda, Oliy sud tomonidan bunday kassatsiya shikoyati ish yurituvga qabul qilinmaydi va shikoyat qanoatlantirilmaydi. Biroq Oliy sudning kassatsiya sudi ushbu qoidaga amal qilmay, ish beruvchining asossiz shikoyatini qanoatlantirib bergan. Ular, xodim ishiga tiklanmay turib, ishni kassatsiya tartibida ko‘rgan va Fuqarolik protsessual kodeksining 405-moddani qo‘pol ravishda buzgan.

    To‘rt yil sarson bo‘lgan Abdurauf Tojiyev Oliy sudning raisi Baxtiyor Islamovning qabuliga kirib, muammoni atroflicha tushuntirgan. Natijada Oliy sud raisi o‘rinbosari tomonidan oldingi kassatsiya sudining noqonuniy qarorini bekor qilish va ishni takroriy kassatsiya tartibida ko‘rish yuzasidan protest kiritilgan.

    Ish 12-oktabr kuni Oliy sud sudyasi G.Parpiyeva raisligida 5 nafar sudyalar ishtirokida takroran kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan. Unda avvalgi kassatsiya qarori bekor qilinib, Abdurauf Tojiyevni aynan o‘zining Sirdaryo viloyati Moliya boshqarma boshlig‘i lavozimiga tiklash belgilangan.

    Qo‘shimcha qilinishicha, Abdurauf Tojiyev sarsongarchilikda o‘tgan yillari va ishsiz qolgan davri uchun moddiy zararni undirish uchun sudga da’vo kiritmoqchi.

    Avvalroq Oliy sud Sog‘liqni saqlash vazirligining noqonuniy bo‘shatilgan ikki xodimi ishga qayta tiklab, ularga yetkazilgan 338 million so‘mlik moddiy zarar qoplab berilishi haqida qaror qabul qilgan edi.

    13.10.2022, 13:52   Izoh (0)   9270
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Matbuotga yopiq bo‘lsak, o‘zimizga zarar bo‘ladi”. OAV so‘roviga o‘z vaqtida javob berishni lozim topmagan Kasbi hokimi qilmishini xaspo‘shlashga urindi

    13.10.2022, 13:17

    “Adliya vaziri o‘zgargani yo‘q”. Ruslanbek Davletov boshqa lavozimga o‘tishi haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirildi

    13.10.2022, 12:56

    Shavkat Mirziyoyev xalqaro munosabatlarda mojarolarning avj olishiga nima sabab bo‘layotganini aytdi

    13.10.2022, 12:46

    Toshkentda tez yordamda ishlovchi feldsher ayol kaltaklandi

    13.10.2022, 12:10

    Shavkat Mirziyoyev 2023-yil Samarqandda “Avlodlar muloqoti” uchrashuvi o‘tkazishni taklif qildi

    13.10.2022, 12:06

    O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatuvchi “Imkoniyatlar markazi” tashkil etiladi

    13.10.2022, 12:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.