Kinoda aktrisalar va aktyorlar o‘zlaridan ancha yoshroq qahramonlarni gavdalantirish holatlari tez-tez uchraydi. Umuman olganda, tomoshabinlarda dissonans bo‘lmasligi uchun aktyorni to‘g‘ri tanlash muhim ish hisoblanadi. Jahon kino olamida shu kabi holat “Titanik” filmida uchraydi. Film sujeti, rejissorlik ishi va, albatta, aktyorlar — Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet tufayli ko‘p jihatdan afsonaga aylandi.
Suratga olish paytida, ya’ni 1997-yilda Keyt Uinslet 22 yoshda bo‘lgan. U “Titanik”dagi qahramonidan ancha yoshga katta bo‘lgan — Rouz Devitt Bukater 17 yoshda edi. Aktrisa rolini ajoyib ijro etgan, biroq u qahramonining yoshida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani ko‘plab muxlislarga qiziq.
Aktrisa ushbu suratda 17 yoshli qahramonining yoshiga qaraganda kattaroq ko‘rinadi. Shuning uchun ham yoshi kattaroq aktrisaning Rouz rolini o‘ynagani bu kartinaning yorqin bo‘lishiga xizmat qilgan.
Mavzuga doir:
- U kastingga kelmagan: “Titanik”da Leonardo Di Kaprio ijro etgan Jek rolini aslida kim o‘ynashi kerak edi? (foto).
- “Titanik”ning yangilangan versiyasi kinoteatrlarga 2023-yilda chiqadi.
- “Titanik”dagi olmos tarixi. Nega Rouz “Ummon qalbi”ni okeanga uloqtiradi?
- “Titanik”dagi eng keksa qahramonni gavdalantirgan Gloriya Styuart yoshligida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? (foto).
Izoh (0)