• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Farzandlaringizga tez-tez aytishingiz kerak bo‘lgan 6 ta muhim jumla

    “MIF” nashriyoti klinik psixologiya bo‘yicha mutaxassis Sherri Kempbellning kitobini nashr etdi. Muallif yaqinlaringiz bilan munosabatlarda o‘zingizning hissiy xavfsizligingizga qanday g‘amxo‘rlik qilish kerakligini aytadi. Beshinchi bobda esa bolalardan tushunishga yordam beradigan foydali iboralar mavjud.

    “Seni yaxshi ko‘raman”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ota-onalar farzandlariga juda ko‘p moddiy narsalarni berishlari mumkin: kiyim-kechak, o‘yinchoqlar, kitoblar va boshqalar. Ammo juda ko‘p mehr berish esdan chiqib qoladi. Farzandlarimizga ularni sevishimizni aytsak va buni iloji boricha tez-tez qaytarsak, ular biz uchun chinakam kerakli inson ekanligini his qilishadi. “Men seni yaxshi ko‘raman” iborasi bolalar xatoga yo‘l qo‘yganida ularga jasorat, ishonch va yordam beradi. Ushbu uchta oddiy so‘z yaralarni davolaydi va quvonch keltiradi.

    O‘ylab ko‘ring: bolalar o‘zlarini sevishni qanday o‘rganishadi? Bolalarga ularni yaxshi ko‘rishimizni aytsak va so‘zlarimizni amalda isbotlasak, ularga o‘zimizga va boshqalarga bo‘lgan muhabbatni singdiramiz.

    “Sen bilan faxrlanaman”

    O‘zini o‘zi hurmat qilish uchun bolalar mutlaqo qo‘llab-quvvatlash va mehrga muhtoj. Ular bunga juda muhtoj. Bolalar birinchi bo‘lib taassurot qoldirmoqchi bo‘lgan odamlar — ota-onalardir. Bolalar qiladigan deyarli hamma narsa bizning mehrimiz va e’tiborimizga tushish uchun qilinadi. Ha, ko‘p ota-onalar farzandlariga ular bilan faxrlanishlarini aytadilar, lekin bu so‘zlarning miqdori, sifati va samimiyligi muhimdir. Shuningdek, quchoqlash, sevgi va bolalarning yonida bo‘lish ham ahamiyatli. Ota-ona sifatida har doim ham farzandlarimizning harakatlaridan qoniqmaymiz. Biroq biz ularni eng qiyin vazifa – mustaqillik sari qadam tashlagani uchun ham maqtashimiz kerak.

    “Men xato qildim, kechir, sen haqsan”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Farzandlarimiz oldida xato qilganimizni tan olish uchun ochiq va o‘zimizga ishongan bo‘lishimiz kerak. Shunday yo‘l bilan biz ham inson ekanligimizni va mukammal emasligimizni ko‘rsatamiz. Agar ular bizning xatomizdan jabr ko‘rgan bo‘lsa, ularga hamdardlik bildirishimiz kerak. O‘zlarining nomukammalligini tan olish uchun ota-onalar xolis bo‘lishlari kerak. Agar xatolarimiz uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olsak, bolalarga o‘zlarining nomukammalliklarini tan olish va qabul qilish jasoratiga ega bo‘lishga yordam beramiz. Bu orqali bolalar mukammallikni emas, balki muvozanatga erishishni o‘rganadilar. Xatolaringiz uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga olish bag‘rikenglik va ochiqlik muhitini yaratadi. Keyinchalik bu muhit bolalarimiz kelajakdagi barcha munosabatlarni qurishni o‘rganadigan poydevorga aylanadi.

    “Men seni kechiraman — mukammal bo‘lishing shart emas”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Hech birimiz mukammal emasmiz. Ideal ota-ona yo‘q. Hammamiz ham vaqtni behuda sarflaymiz, va'dalarni buzamiz, muhim narsani unutamiz va boshqa ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yamiz. Hech birimiz o‘zimizga, shu jumladan, birovlarning ishonchini to‘liq oqlamaymiz.

    Bolalarni tarbiyalashda ularga oddiy inson bo‘lish imkoniyatini berish uchun bularning barchasini yodda tutishimiz kerak. Hech kim, yoshidan qat'i nazar, yomon tanlov yoki xato haqida eslatishni yoqtirmaydi. Biz ota-ona sifatida muvozanatni topishimiz kerak: bolalar o‘z harakatlarining oqibatlarini tushunishlari, shu bilan birga bolalar ham his-tuyg‘ularga ega ekanligini unutmasligimiz kerak. Bizning vazifalarimiz, kamchiliklariga qaramay, ularga mehr-muhabbatga loyiq ekanliklarini anglash, to‘g‘ri intizomiy choralarni tanlash va xato qilsalar, bolalarni kechirishdir.

    “Sen bilan birgaman va seni eshitaman”

    Bolalarni tinglash juda muhim, shunda aytayotgan gapimizga tushunayaptimi, yo‘qmi, bilib olamiz. Tinglash orqali ularning ichki dunyosiga qarash va o‘zaro yoqimli suhbatni boshlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Tushunmovchilikning oldini olish uchun bolalarga ularning so‘zlaridan eshitganimizni yana bir bor takrorlash va hamma narsani to‘g‘ri tushunganimizga ishonch hosil qilgan ma’qul. Agar shunday bo‘lsa, bolani rag‘batlantirishimiz, yo‘naltirishimiz va maqtashimiz mumkin. Salbiy aloqa u o‘zini muhim his qilmasa paydo bo‘ladi, chunki eshitish - o‘z qadr-qimmatini his qilishning asosiy komponenti hisoblanadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Senda muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsa bor”

    Muvaffaqiyat tushunchasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat va qat’iyat natijasi sifatida tushunish bolalarda juda erta paydo bo‘ladi. Biz bolalarni o‘zlarining kuchli va zaif tomonlarini biladigan, o‘zlarini sevadigan qilib tarbiyalashimiz lozim. Bunday holda bolalarimiz uchun nizolarni yengish va salbiy fikrga qarshi turish osonroq bo‘ladi. Bolaning muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsaga ega ekanligiga ishonchi unga hayotga va kelajakdagi narsalarga nisbatan optimistik qarashga yordam beradi.

    Farzandlarimizga beradigan eng muhim sovg‘alarimizdan biri bu — ularga bo‘lgan ishonchimizdir.

    13.10.2022, 09:51   Izoh (0)   17606
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Styuardessa, ofis menejeri va saraton xavfini oshiradigan boshqa 7 ta kasb

    12.10.2022, 11:15

    Olma, shaftoli, baqlajon va po‘sti bilan iste’mol qilish foydali bo‘lgan boshqa meva va sabzavotlar

    11.10.2022, 19:46

    Qish kirib kelmasidan avval uyda bajarilishi kerak bo‘lgan 12 ta vazifa

    11.10.2022, 18:49

    Qish mavsumida kartoshkani kvartirada saqlash qoidalari va usullari

    11.10.2022, 12:23

    Pishirishdan oldin suvda ivitish tavsiya etiladigan 5 ta mahsulot

    10.10.2022, 20:01

    Supermarketdan mahsulot xarid qilishda deyarli hamma yo‘l qo‘yadigan xatolar

    10.10.2022, 13:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.