• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Har kuni bomba ovozi eshitiladi”. Rossiyadagi o‘zbekistonlik talabalar elchixona yordamidan umidvor

    “Daryo” internet-nashriga Rossiyaning Belgorod viloyati hududida joylashgan Belgorod davlat texnika universitetining o‘zbekistonlik talabalaridan murojaat kelib tushdi. Ular shahardagi ijtimoiy ahvol, urush fonida o‘zgargan yashash tarzi hamda har kuni eshitilib turadigan bomba ovozlari haqida so‘zlab berdi.

    Ismi sir saqlanishini istagan murojaatchining aytishicha, Belgorod oblasti Ukraina chegarasidan 33 kilometr narida joylashgan. Vladimir Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnika universitetida 150 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi tahsil oladi.

    11-oktabr, seshanba kuni tunda Ukraina aynan shu hudud yaqiniga, ya’ni Belgorod viloyatining Shebekino shaharchasiga javob zarbalarini yo‘llagandi. Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan podstansiyada yong‘in yuzaga kelgan va buning oqibatida ikki ming kishi elektrsiz qolgandi. Viloyat gubernatorining ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

    Buning fonida hududdagi barcha maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalari 2 hafta muddatga masofaviy ta’lim formatiga o‘tkazildi. Havo mudofaasi e’lon qilindi.

    “Daryo” muxbiri murojaatchi bilan suhbatda o‘zbekistonlik talabalarning ahvoli, hududni tark etish bilan bog‘liq masalalar haqida so‘radi.

     

    10 daqiqa oldin ham 2 marta snaryad tushdi

    Shuxov universitetida 150 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba bor. Hozir 15 kun masofaviy o‘qish deb e’lon qilgan. Yotoqxonada yashayapmiz, onlayn darslar o‘tilyapti.

    Mana, 10 daqiqa oldin ham 2 marta snaryad tushdi, ovozi baland.

    Talabalarni urushga majburiy yollash holatlari kuzatilyaptimi?

    Yo‘q, hozircha unday holat bo‘lgani yo‘q. Taxminan 20 kundan beri havo mudofaasi rejimi ishlayapti. Kunda bomba ovozi eshitiladi. Kecha bizdan 10—15 kilometr nariroqdagi Shebekino shahriga snaryad tushgan.

    Elchixonaga amaliy yordam masalasida murojaat qilindimi?

    Bugun Kursk viloyatiga kelarkan elchixonadagilar. O‘sha yerdagi talabalar bilan aloqada bo‘lib turibmiz. Biz ham boramiz uchrashuvga.

    Bizni O‘zbekistonga evakuatsiya qilish masalasini so‘raymiz. Urush o‘tgan yili fevralda boshlangan. Qozog‘iston mart oyidayoq urush hududidagi barcha talabalarini o‘z yurtiga ko‘chirib olib ketgandi.

    Murojaatchilar bir qancha videolarni ilova qildi. Ularda bomba portlashi hamda snaryad ovozlarini eshitish mumkin.

    Kursk viloyatidagi o‘zbekistonliklarning Shavkat Mirziyoyevga murojaati

    11-oktabr kuni Rossiyaning Kursk viloyatida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar Ukrainaga chegaradosh hududlarda xavf tobora ortib borayotgani sabab prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat bilan chiqdi. Ular shahardagi ahvol notinch ekanini aytib, davlat rahbaridan ularning o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berishni so‘ragan.

    “Biz o‘zimizdan o‘zimiz vahima ko‘tarayotganimiz yo‘q. Chunki hali bu yerlardagi vaziyat unchalik notinch bo‘lmagan paytlardayoq, mart oyida Qozog‘iston hukumati o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilib, o‘qishlarini o‘zlariga ko‘chirib bergandi. Biz esa vaziyat sal xavotirli tus olayotgan vaqtda murojaat qilyapmiz. Hurmatli prezident, bizning o‘qishimizni O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlariga ko‘chirishingizni iltimos qilamiz”, — degan talabalar nomidan so‘zga chiqqan yigit.

    TIV vanihoyat tilga kirdi

    Tashqi ishlar vazirligi holatga munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, talabalarning murojaati yuzasidan O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari vaziyatni o‘rganish va mavjud muammolarni hal qilish maqsadida Kursk viloyatiga jo‘nab ketgan.

    Natijalar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot beriladi.

    12.10.2022, 17:50   Izoh (0)   24126
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqanddagi kanaldan 18 yoshli qizning jasadi topildi. Uning bir oy oldin zo‘rlab ketilgani aytilmoqda

    12.10.2022, 17:50

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

    12.10.2022, 17:32

    Toshkent viloyatida 4 metrli chuqurlikka tushib ketgan ot olib chiqildi (foto)

    12.10.2022, 16:32

    Oliy ta’lim vazirligi imkoniyati cheklangan talabalar uchun tanlov e’lon qildi

    12.10.2022, 16:24

    Farg‘onada fuqaroning o‘qishini Qirg‘izistondan ko‘chirib berish evaziga undan 2 ming dollar olgan shaxs ushlandi

    12.10.2022, 16:17

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    12.10.2022, 15:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Ginekologik saraton kasalligidan qo‘rqmang — kechikishdan qo‘rqing


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda 27-avgust kuni necha daraja issiq bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 10:13

    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar

    Reklama | 26 avgust, 09:00

    Ukraina NATO ittifoqchilari bilan dron sanoatini kengaytiradi

    Dunyo | 26 avgust, 09:51

    O‘zbekistonda davlatga qarashli futbol stadionlarini sotuvga chiqarish taqiqlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 09:29

    “Manchester Siti” yangi transferni amalga oshirish arafasida turibdi

    Sport | 26 avgust, 09:26

    AQSH rasman Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

    Dunyo | 26 avgust, 09:15

    Ginekologik saraton kasalligidan qo‘rqmang — kechikishdan qo‘rqing

    Reklama | 26 avgust, 08:30

    O‘limga olib keluvchi sahnalar: suratga olish jarayonida yuz bergan fojiali hodisalar

    Kino | 26 avgust, 09:10

    Odamga ilk bor cho‘chqa o‘pkasi ko‘chirib o‘tkazildi

    Dunyo | 26 avgust, 08:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.