O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Ukraina shaharlariga raketa hujumlarining kuchayishi ortidan O‘zbekiston fuqarolarining ushbu davlatga borish va u yerda bo‘lish yuzasidan qilgan murojaatlariga javoban bayonot bilan chiqdi.
Unda shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘zbekistonliklardan ushbu mamlakatni tark etish so‘ralgan.
“Frontdagi vaziyatning keskinlashuvi hamda butun Ukraina bo‘ylab raketa va artilleriya zarbalarining davom etishi ehtimoli yuqoriligidan kelib chiqib, vatandoshlarimizdan shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu mamlakatni tark etishlarini so‘raymiz”, — deyiladi elchixona xabarida
Elchixona, shuningdek, ziddiyat o‘z iziga tushguniga qadar Ukrainaga sayohat qilmaslikni so‘radi.
Izoh (0)