Ijtimoiy tarmoqlarda davlat banklari aksiyadori bo‘lgan tijorat banklari kartalaridan bankomatlarda naqdlashtirish komissiyasi bekor qilinishi haqida xabar tarqaldi. “Davletovuz”ga Moliya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Vazirlik mutaxassislarining fikricha, komissiya bekor qilinsa, banklar bankomatlar tarmog‘ini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lmay qoladi.
Ayniqsa, olis hududlarda bankomatlar shundoq ham zararga ishlaydi, sababi sarf-xarajati ko‘p.
Izoh (0)